Get Mystery Box with random crypto!

Ukraina-Rossiya urishini borasida Geopolitika va Geostrategiya | Xorijdagi talabadan maktublar

Ukraina-Rossiya urishini borasida Geopolitika va Geostrategiya darsining final semestr sinovi uchun yozgan tadqiqot maqolamni o‘zbekchaga tarjima qilib bu yerga joylayapman.
Urushning 100-kunida Rossiyaning asosiy kuchlari faqatgina Donbas jabhasida jamlagan holda, og‘ir va sekin ildamlash bilan davom etmoqda. Biroq, ruslarining bu siljishni g‘alabadan ko‘ra, bo‘g‘ilgan hujum deb qarasak to‘g‘riroq bo‘ladi.
Urushlarda hujumkor pozitsiyada bo‘lgan tomon deyarli har doim baʼzi yerlarni egallashi mumkin. Hujumni kuchsiz taraf amalga oshirsa ham, hujum qilgan taraf dushmanining nozik joylarini topishi va u hududni egallashi, himoyadagilarga ko‘ra osonroq.
Qaytaraman hujum qilgan tomonning egallagan yerlari, butunlay ishg‘ol qilindi degani emas. Boshqacha aytganda ruslarning Donbas frontida, oxirgi kunlarda bosib olgan yerlari tamoman rus kontroliga o‘tdi degani emas.
Sabablarga kelsak. Hududni egallab olgan hujumchi askarlari endi otishmadan avvalgi eski xavfsiz “joylashtirilgan” holatida bo‘lmaydi. Chunki jang maydoning oldingi qismi hujum qilgan tomon uchun noaniq, tumanga aylanadi. Olingan joylar mudofaa tuzilmalari o‘rnatilganga qadar “olingan” hisoblanmaydi. Shuning uchun ham hujumchi tomonning bir hududni egallab olishi aldamchi ustunlik qiyofasini yaratadi.
Ukrainaning Danbasda amalga oshirib turgan urush strategiyasini urush tili bilan "Elastik himoya" deb atasak to‘g‘riroq bo‘ladi. Ushbu mudofaa uslubining maqsadi - texnika ustunligi bo‘lgan tomonni farqli yerlardan kichik guruhlar yordamida zarbalar berib ko‘zini ochtirmagan holda, hujumchining hujumini davom ettirishga qodir qilmaslik darajasiga keltirish hisoblanadi. Hujumni taʼminlay olmay qolgan va kuchini yo‘qotgan kuch birdaniga ko‘p sohalarda qarshi hujumga ochiq holatga kelib, o‘z kuchini keng maydonga (ayniqsa, taʼminot liniyalari uchun) kuchsiz holatda yoyib qo‘yadi. Yaʼni hujumkor tomon ko‘z ochib yumguncha qarshi hujumga ochiq holatga tushib qoladi.
Misol uchun, agar Ukraina armiyasi hozirgi rus kuchlariga hujumni oldingi frontlardan, chekinmagan holda eski pozitsiyalaridan hujum qilganida, juda jiddiy yo‘qotishlariga duchor bo‘lar edi. Xatto himoyaviy qobiliyatini ham yo‘qotib qo‘yish xavfida qolardi. Biroq, agar ular rus hujumini shu shaklda bo‘g‘ishda davom etib, yaqin orada qarshi hujum orqali, hujum qilgan tarafdan ko‘ra kamroq resurslarni safarbar qilib, tarqoq, charchagan va bosib olgan yerlarida joylasha olmagan rus armiyasiga qarshi osonlikcha ustunlikka ega bo‘lishadi.
Urushlarda belgilangan maqsadlar doirasida katta hujumlar uyushtiriladi, nishonga olingan hududlar qo‘lga kiritiladi. Orqasidan yangidan chegaralarni tashkillashtirish, qo‘shinlarni qayta joylashtirish, taʼminot liniyalarini o‘rnatish, mudofaa pozitsiyalarini tayyorlash kabi uzoq davom etadigan jarayon boshlanadi. Bu ishlar amalga oshganidan keyingina "ishg‘ol qilingan" yerlar, harbiy maʼnoda egallangan deb aytishimiz mumkin. Bu jarayonda, agar hujum qiluvchi tomon himoyachiga yetarlicha zarba bera olmasa (masalan, yirik tuzilmalarni parchalamagan bo‘lsa yoki og‘ir qurol tizimlarini yetarli darajada yo‘q qila olmasa), ishg‘olchi, ishg‘ol qilingan yerlarda qarshi hujum vaqtidan ko‘ra ko‘proq egallagan yerlarida yo‘qotilishga uchraydi.
Donbasdagi ruslarning amalga oshirayotgan hujumiga qarab, "o ruslar olg‘a ketyapti" deganlar buni tushunishi kerak. Ruslar ukrainaliklar izn berib turgani uchungina oldinga siljishmoqda. Ukrainaliklarning ushbu bosqichdagi maqsadi imkon qadar Rossiyaning hujum kuchini bo‘g‘ib, uning imkoniyatlarini kamaytirishdir. Urushda bir davlat qo‘l ostidagi barcha yerni ushlab turishga majbur degan qoida yo‘q. Xuddi shaxmat o‘yiniga o‘xshab, farzinni olish uchun ot yoki filni qurbon qilmoqda Ukraina armiyasi.