Get Mystery Box with random crypto!

Danbas jabhasida ko‘rib turganimiz ichidagi eng ochiq oydin bo | Xorijdagi talabadan maktublar

Danbas jabhasida ko‘rib turganimiz ichidagi eng ochiq oydin bo‘lgan jihat, Rossiyaning nihoyatda sekin oldinga siljishi. Bu rus armiyasining ayni vaqtda jiddiy charchaganini va oldinga borishda qiynalayotganini ko‘rsatadi. Odatda yirik urushlarda, ustun kuch juda yuqori tezlikni saqlab turishi kutiladi, lekin ruslar uzluksiz hujum chizig‘ini belgilab oldinga siljishga urinmoqda va jiddiy mudofaa chizig‘iga urilib, chekinmoqda. Ruslar davomli bunday “tajriba” o‘tkazish imkoniyatiga ega, chunki ularning resurslari va qo‘shinlari juda ko‘p, ammo bu oldingi frontdagi Rossiya armiyasi uchun jiddiy halokatli taʼsirga ega. Ukrainaliklar ruslarni yetarlicha bunday bo‘g‘ishlar orqali, kichik hujumlar bilan qisqa vaqt ichida yo‘qotilgan o‘rinlarni egallashi mumkin.
NATOning zamonaviy artilleriya tizimlari va o‘q-dorilari Ukrainaga kelishda davom etmoqda. Diqqatlar amerikaning himars'larida bo'lsa-da, Germaniya, Polsha va Frantsiyaning sel-propelled artilleriya tizimlari frontga ko'proq ish ko'rsatmoqda. Artilleriya urushi, urushning nisbatan turg'un bosqichlarida muhimroqdir.
Ukraina o‘z hududida bo‘lganligi sababli, bu mamlakat va xalqning jang qilish irodasi ruslarga qaraganda ancha baland. Ukraina armiyasi Rossiya artilleriya tizimlaridan har jihatdan ustun bo‘lgan Nato tizimlariga moslashuvi davom etar ekan, ruslarning ahvoli kundan-kunga qiyinlashib boraveradi.
Allaqachon Xerson viloyatida ukrainaliklar keng qo‘llamli qarshi hujumlarini davom ettirmoqdalar va “hujum” pozitsiyasida turgan ruslar o‘z pozitsiyalarini yo‘qotmoqdalar. Bu ham rus armiyasining oldinga siljish kuchi qanchalik kamayganini ko‘rsatadi. Butun rus armiyasi Ukrainaga qarshi faqat bitta chiziqda hujum qila olishi va ancha bo‘g‘iq oldinga siljishi muhim ko‘rsatkichdir. Rossiya uchun bu jarayonni to‘liq safarbarliksiz davom ettirish halokat bilan teng. Vaqt esa Rossiyadan ko'ra, Ukrainaning foydasiga ko'proq ishlamoqda.