Get Mystery Box with random crypto!

Kecha o‘rtog‘im sababli Germaniyada ishlaydigan bir muhandis i | Xorijdagi talabadan maktublar

Kecha o‘rtog‘im sababli Germaniyada ishlaydigan bir muhandis inson bilan tanishdim. U inson shu kungacha Yevropa davlatlarida bir qancha tunnellar, aeroportlar va boshqa yirik loyihalarni hayotga tatbiq qilgan ekan.
Muhandis amaki suhbat orasida men bilan tengdosh bir o‘g‘li bor ekanligini aytib o‘tdi. Qiziqib, u ham muhandismi? deb savol so‘rasam yo‘q, ishchi, g‘isht teruvchi bo‘lib ishlaydi dedi.
Qanaqasiga, muhandisning o‘g‘li ishchi bo‘ladimi? Bizda bo‘lsa, otasi urib urib majburlab farzandlini muhandis qilardi deb hazil qildim.
Odamni jahli chiqdi.
Nega bunday deysan, o‘g‘lim juda yaxshi quruvchi. Majburlikdan yomon muhandis bo‘lish o‘rniga, yaxshi quruvchi bo‘lishning nimasi yomon deb, amaki o‘g‘li bilan faxrlanadi.
Uyaldim.
Uyalishimga sabab biz jamiyat sifatida men aytib o‘tganimdak harakat qilamiz.
Chunki bizni shunday tarbiyalashgan.
Muhandis o‘g‘lini kerak bo‘lsa yomon muhandis qiladi, lekin yaxshi quruvchi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Shuning uchun bizda Sardobadek yirik muhandislik fojialari yuz beradi. Yo‘llarimiz bir umr tuzalmaydi. Shaharlarimiz reja asosida qurilmaydi.