Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Talaba-o‘quvchilar ligasi va O‘quvchilar ligasi o‘yinlar | Zakovat intellektual klubi

Bugun Talaba-o‘quvchilar ligasi va O‘quvchilar ligasi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi!

Bugun
(4-may, payshanba kuni) soat 15:00da Talaba-o‘quvchilar ligasi va O‘quvchilar ligasining 5-tur o‘yini boshlanadi.

Ligalarning Toshkent shahridagi o‘yinlari Yoshlar uchun sport, madaniy-ma’rifiy va intellektual o‘yinlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan yopiq majmua binosida bo‘lib o‘tadi.

Mo‘ljal: Beruniy metro bekati.

Lokatsiya

Talaba-o‘quvchilar ligasining Toshkentdagi o‘yinlariga ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi:

https://zakovatklubi.uz/tournaments/230

O‘quvchilar ligasining Toshkentdagi o‘yinlariga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi:

https://zakovatklubi.uz/tournaments/229

Eslatma: Qolgan hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lganlar "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari lozim bo‘ladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok