Get Mystery Box with random crypto!

Bugun soat 15:00da “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan | Zakovat intellektual klubi

Bugun soat 15:00da “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan yangi kitob taqdimoti o‘tkaziladi!

Yangi kitob o‘tgan yili Umumta’lim maktablari, Prezident ta’lim muassasalari, O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” turnirlarida o‘ynalgan savollarni o‘zida jamlagan.

Taqdimot marosimida yuqorida sanalgan turnirlarda sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar, shuningdek O‘quvchilar ligasi va Talaba-o‘quvchilar ligasida muntazam qatnashuvchi jamoalarga yangi kitobni tarqatish ko‘zda tutilgan.

Marosimdan so‘ng O‘quvchilar ligasi va Talaba-o‘quvchilar ligasining navbatdagi tur o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Yoshlar uchun sport, madaniy-ma’rifiy va intellektual o‘yinlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan yopiq majmua binosi.

Mo‘ljal: Beruniy metro bekati.

Lokatsiya

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok