Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Talabalar ligasi bahorgi mavsumining 6-turi bo‘lib o‘tad | Zakovat intellektual klubi

Bugun Talabalar ligasi bahorgi mavsumining 6-turi bo‘lib o‘tadi!

Bugun
(4-may kuni, payshanba) soat 17:00da Talabalar ligasining 6-tur o‘yini boshlanadi.

Liganing navbatdagi turida qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar o‘z hududidagi o‘yin bo‘ladigan manzilga kechikmasdan yetib borishlari talab etiladi. Jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Yoshlar uchun sport, madaniy-ma’rifiy va intellektual o‘yinlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan yopiq majmua binosida o‘tkaziladi.

Mo‘ljal: Beruniy metro bekati.

Lokatsiya

Toshkentdagi o‘yinlarga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi:

https://zakovatklubi.uz/tournaments/225

Eslatma: Qolgan hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari lozim bo‘ladi. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok