Get Mystery Box with random crypto!

Ishga olish suhbatlarida men nomzodlardan kutadigan eng yaxshi | Zafar Ibrohimov

Ishga olish suhbatlarida men nomzodlardan kutadigan eng yaxshi savol bu “kompaniyaning missiyasi va kelajakdagi rejalari qanday?”. Lekin bu savolni deyarli hech qaysi kandidat soʻramaydi. Asosiy savollar oylik atrofida.

TechCellsʼda biz oʻzimizdan chiqqan, “homegrown”, milliy qadriyatlarimizga asoslangan, eʼtiqodimiz, va Oʻzbekcha kulturamizning ustiga qurilgan global IT Outsourcing (and Outstaffing) kompaniya boʻlishga harakat qilyapmiz. Biz “homegrown”larning eng yaxshisi boʻlmoqchimiz. Orzuyimiz shu.

Barlarda “teambuilding” qilish emas, iftorliklar qilish. Valentin kunini dam olish kuni deb emas, Navroʻzni, Mustaqillik kunini, Hayit bayramlarini nishonlash. Ishlayotgan va qilayotgan loyihalarimizni moddiy foydasidan koʻra jamiyatga manfaatlari haqida koʻproq oʻylash. Mijozlarga faxr va halollik bilan xizmat qilib dunyoda “Oʻzbek Aytishnigi”ning munosib kartinasini chizish.

TechCellsʼda faqat chet el loyihalari bilan ishlaymiz. Tez kunlarda kompaniyamizda yangi oʻzgarishlar kutilmoqda!

@Zafarbek