Get Mystery Box with random crypto!

Otam va onamga bitta daftarcha berdim va aytdim... “Otajon, | Zafar Ibrohimov

Otam va onamga bitta daftarcha berdim va aytdim...

“Otajon, Onajon, mana shu daftarchaga menga ayta olmagan gaplaringiz boʻlsa yozib boring. Men bilishim kerak boʻlgan barcha maslahatlaringiz, oʻgitlaringiz, tanbehlaringiz, xafa qilgan boʻlsam ular haqida, hursan boʻlgan boʻlsangiz ular haqida ham, xullas qalbingizda men uchun nima gapingiz boʻlsa barini shu daftarga tushirib boring. Toki men uni doim oldimda saqlay, sizlardan katta bir esdalik va hayot maktabi boʻlsin va men uni har kuni oʻqiy. U daftarcha men uchun 1000ta kitobdan yaxshiroq boʻlsin!”

Ular yoza boshladilar. Hozircha nima yozilganini bilmayman.

@ZafarbekIbrohimov