Get Mystery Box with random crypto!

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ( uy-joy uchun subsidiya | yurist_uzbek

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ( uy-joy uchun subsidiya ) olish uchun ariza topshirilayotganda ariza bilan qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak.

Vazirlar mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarorining 10-bandida ko’rsatilgan hujjatlarni ariza bilan birga taqdim etish zarur. Bu hujjatlarni aytadigan bo’lsak,

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari ( Ya’ni passportning eng pastida joylashgan 14 raqamdan iborat raqamlar ketma-ketligini biz shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari deb ataymiz)

Oila a’zolarining shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to‘liq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud bo‘lgan taqdirda) va (yoki) farzandlar tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar bor bo‘lgan taqdirda) nusxalari

Belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi ( ya’ni ajrashganlik ) haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas ( misol uchun soxta nikoh bo’lganda nikoh haqiqiy bo’lmaydi) deb tan olinganligi to‘g‘risida sud qarori ( ya’ni zaksdan o’tgandan keyin ajrashilganligi yoki nikoh haqiqiy emas deb topilganligi to’g’risida ) yoki oilaviy holati to‘g‘risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (Ya’ni zaks) arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda)

Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa)

Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo‘yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa)

ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (qo‘shimcha daromadlar bo‘lsa soliq deklaratsiyasi).

Subsidiya olish uchun Ariza topshirgan fuqarodan yuqorida ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

https://t.me/yuristuzbek