Get Mystery Box with random crypto!

Subsidiya o‘zi nima ? Subsidiya davlat tomonidan mauyyan bir | yurist_uzbek

Subsidiya o‘zi nima ? Subsidiya davlat tomonidan mauyyan bir sohani rivojlantirish maqsadida qaytarib olmaslik sharti bilan beriladigan mablag’dir. Bugungi kunda aholini uy-joy bilan ta’minlash eng dolzarb bo’lganligi sababli, uy-joy sotib olish uchun ham davlat tomonidan subsidiya berilyapdi.

Subsidiya kreditga o’xshaydimi? Yo’q subsidiya kreditdan butunlay farq qiladi. Kreditda siz ham olgan pulingizni, ham foizlarni to’lashga majbursiz. Subsidiyada esa olingan pulni qaytarmaysiz. Ya’ni uy-joy olish uchun berilgan subsidiyani siz uy-joy olish uchun ishlatgan bo’lsangiz, bu pulni hech qachon qaytartib bermaysiz. Lekin boshqa maqsadlarda ishlatsangiz qaytarib berishga majbur bo’lasiz.

Uy-joy olish uchun subsidiya kimlarga beriladi? O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga to’lgan barcha fuqarolari subsidiya olish uchun ariza berishlari mumkin. Ariza beruvchi uy-joyga subsidiya olish uchun istalgan tuman davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etishi yoki my.gov.uz orqali o’zi ariza qoldirishi mumkin. Ariza yil davomida qabul qilinadi. Arizalarni ko’rib, uy-joy uchun kimga subsidiya ajratish bo’yicha komissiya tuziladi. Ariza beruvchining arizasi u ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar asosida hamda ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra ariza beruvchiga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Chet elda ishlayotgan fuqarolar uy-joy sotib olish uchun subsidiyaga qanday ariza topshirsa bo’ladi? Chet elda ishlayotgan fuqarolar nomidan subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani ularning oila a’zolari notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosida berishi mumkin.

Sizni doimiy ro’yxatda turgan joyingiz Namanganda sizga uy-joy uchun subsidiya chiqdi. Siz bu subsidiya asosida Toshkentdan uy olishingiz mumkinmi? Yo’q, subsidiya fuqarolarga ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyi bo‘lgan hudud doirasida ajratiladi.

https://t.me/yuristuzbek