Get Mystery Box with random crypto!

Savol: Kutubxonaga dars qilgani bordim va u yerda garderobga s | "Yosh yuristlar" jamoat birlashmasi

Savol: Kutubxonaga dars qilgani bordim va u yerda garderobga sumkamni va soyabonimni qoldirdim. Chiqishda mening soyabonim yoʻqolganligi aniqlandi. Bu holatda kim javobgar boʻladi?

Javob: ushbu vaziyat omonat saqlash shartnomasining umumiy qoidalari boʻyicha tartibga solinadi.

Unga koʻra, omonat saqlovchi saqlash uchun qabul qilingan ashyo yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun Fuqarolik kodeksining 333-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra javobgar bo‘ladi.

333-moddaga muvofiq, qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob beradi.

Xulosa: Demak, bu vaziyatda oʻzining aybi mavjudligini isbotlay olmasa, soyabonni saqlashga olgan garderob xodimi javobgar
boʻladi.


Omonat saqlash mumkin boʻlgan joylar (kafelar, teatr, supermarketlar) ning garderobiga osib qoʻyilgan ʼʼYOʻQOLGAN BUYUMLARGA JAVOB BERILMAYDIʼʼ mazmunidagi jumlalar ham ularni javobgarlikdan ozod etmaydi. Aksincha, bu ham huquqqa zid harakat hisoblanadi.

Post Mohigul Maxamatumarova tomonidan tayyorlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

https://t.me/yoshyuristlar

Murojaat uchun: @onlinemaslahatxonabot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram
Facebook | TikTok