Get Mystery Box with random crypto!

Savol: hozirgi kunda ko'p beriladigan savollardan biri bu elek | "Yosh yuristlar" jamoat birlashmasi

Savol: hozirgi kunda ko'p beriladigan savollardan biri bu elektron raqamli imzo bilan bog'liq. Ya'ni ERI olishda qancha yig'im undiriladi, qanday imtiyozlar mavjud?

Javob: ERI olish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 348-sonli qarori bilan tasdiqlangan ma'muriy reglament bilan tartibga solinadi.

Unga ko'ra:
Yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan BHMning 10% (hozirgi holat bo'yicha BHM miqdori 300000ni tashkil qilmoqda) miqdorida;

Jismoniy shaxslardan esa BHMning
7% miqdorida yig'im undiriladi.

Elektron raqamli imzoni Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish orqali yoki Yagona portal orqali olish mumkin.

#imtiyoz
✓Agar siz ERI olish uchun Yagona portal orqali murojaat qilsangiz yuqoridagi yig'imning 90% miqdorida yig'im to'laysiz.

✓Bundan tashqari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning o'quvchilariga, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi sinf o‘quvchilariga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqarolarga ERI kalitlari sertifikatlari bepul beriladi.

Post Ergashev Dostonbek tomonidan tayyorlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

https://t.me/yoshyuristlar

Murojaat uchun: @onlinemaslahatxonabot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram
Facebook | TikTok