Get Mystery Box with random crypto!

Ish haqi, pensiya va nafaqalar 7% ga oshiriladi Prezident far | "Yosh yuristlar" jamoat birlashmasi

Ish haqi, pensiya va nafaqalar 7% ga oshiriladi

Prezident farmoni bilan 1-apreldan pensiya va nafaqalar miqdori 7% ga, 1-maydan mehnatga haq to‘lash miqdorlari 7% ga oshirilmoqda.

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1-maydan boshlab 920 ming so‘mdan 980 ming so‘mga oshiriladi. Demak, byudjet tashkilotida ishlovchi xodimlar oyliklari shuncha foizga oshadi.

Shuningdek, 1-maydan bazaviy hisoblash miqdori 300 ming so‘mdan 330 ming so‘mga oshadi.

Demak, 1-maydan boshlab bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘langan to‘lovlar ham oshadi. Masalan, maʼmuriy jarimalar, soliqlar, davlat bojlari va shu kabi boshqa to‘lovlar. Masalan, ilgari 1 “minimalka” jarima 300 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 1-maydan 330 ming so‘m bo‘ladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

https://t.me/yoshyuristlar

Murojaat uchun: @onlinemaslahatxonabot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram
Facebook | TikTok