Get Mystery Box with random crypto!

#Qutlov! Xayrulla Xolto‘rayev 1984-yili 4-iyulda Surxondaryo | “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov!

Xayrulla Xolto‘rayev 1984-yili 4-iyulda Surxondaryo viloyati Boysun tumani Ko‘lqamish mahallasida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tehsil olgan. “Ko‘nglim ko‘zgusi” nomli she’riy to‘plami nashrdan chiqqan.

***
Baxtliman, baxtliman, baxt isin tuydim,
Ko‘ksimni bezagan, gul bor, yaproq bor.
Hayot g‘ussalarin o‘ylamay qo‘ydim,
Ortimdan qolar iz, oydek yuzim bor.

Qizim bor, o‘g‘lim bor, jilmay rafiqam,
Dunyodan dunyoga aytar so‘zim bor.
Qolgani bahorning go‘zal ertagi –
Tonglarga termulgan boqar ko‘zim bor.

Baxtning jamoliday yuzlari oppoq,
Shudring nafasiday sofdil ko‘ngil bor.
Farzandlar kulgusi eng totli titroq,
Alqasam arzirli Haqdan qarzim bor.

Falak gardishidan o‘tgay shoh gado,
Munavvar onlardir har lahza hayot.
Olamning yuziga nazar sol erkam –
Mudroq ko‘ngillarni baxt uchun uyg‘ot.

Nasimlar esadir kezar baxt isi,
Bunda tog‘lar go‘zal, tog‘lar ulug‘vor?!
Mahabbat haqida so‘z ochsam agar –
Jannat jamoliday ketmas viqor bor.


@yoshlikjurnali