Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar test

Telegram kanalining logotibi yoshlar_yetakchisi2020 — Yoshlar test Y
Telegram kanalining logotibi yoshlar_yetakchisi2020 — Yoshlar test
Kanal manzili: @yoshlar_yetakchisi2020
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.07K
Kanalning ta’rifi

Mahalladagi yoshlar yetakchilarining
rasmiy telegram kanali
👉 @sherzod_shsharipov

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-26 17:23:32
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Qoraqalpog‘istonda ta’limni rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflaridan kelib chiqib, Prezidentimiz mutasaddilarga:

Qoraqalpog‘istondagi yosh tadbirkorlarga 7 yilgacha muddatga imtiyozli shartlarda ssudalar ajratishni yo‘lga qo‘yish;

bo‘sh turgan davlat ob’yektlarida yoshlar va xotin-qizlarni xorijiy tillar hamda IT sohasiga o‘qitish kurslarini tashkil etish imkoniyatini yaratish, ushbu ob’yektlarni tadbirkorlarga 5 yilgacha bepul foydalanishga berish;

Qo‘ng‘irot, Nukus va Chimboy tumanlarida 4 ta “Ishga marhamat” mono-markazlarini tashkil etish;

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etish;

Qoraqalpog‘istondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qo‘shimcha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishga topshiriq berdi.

@alisher_sadullaev
102 viewsSherzod_SHARIPOV, 14:23
Ochish/sharhlash
2022-08-25 10:50:52 IBRAT Master Class loyihasiga start berildi

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan har yakshanba kuni ingliz tilidan bepul mahorat darslari yo‘lga qo‘yildi. Maqsadimiz kuchli mutaxassislar bilan muloqot va tajriba almashish maydonini yaratishdir. Albatta, siz ham unda ishtirok etishingiz mumkin. Batafsil ma’lumotlar @ibratcamp_uz telegram kanali orqali berib borilmoqda.

P.S. O‘z hududingizda ham shunday klublar ochilishini xohlaysizmi?

https://www.facebook.com/100019097340864/posts/pfbid0SRn1ZRnukJzaQsqTKapqw34eXvY7RLDn4E2S4JfdSVH14vyaFVYciaT3JottzaVpl/?d=n
197 viewsSherzod_SHARIPOV, 07:50
Ochish/sharhlash
2022-08-23 23:15:10
Hurmatli fuqarolar!

Joriy yilning 24 avgustidan 2-mavsum doirasida ovoz berish jarayoni boshlanishini
ma'lum qilamiz.

Ushbu mavsum doirasida aynan Siz fuqarolar tomoningizdan ilgari suriladigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida respublika bo‘ylab qariyb 1 trillion 62 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda.

Ovoz berish yuzasidan quyidagi video qo'llanma orqali ma'lumot olishingiz mumkin.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan loyihani ilgari suring, ovoz to‘plang va g‘olib bo‘ling!
Tashabbus ko‘rsating!

РУС | ENG

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun
249 viewsSherzod_SHARIPOV, 20:15
Ochish/sharhlash
2022-08-22 18:18:45 Ushbu videodagi “yashil makon” loyihasini albatta o’z mahallangizda amalga oshiring. Va videoni albatta ulashing https://fb.watch/f248syHg6p/
82 viewsSherzod_SHARIPOV, 15:18
Ochish/sharhlash
2022-08-21 22:32:22 Ushbu videodagi “yashil makon” loyihasini albatta o’z mahallangizda amalga oshiring. Va videoni albatta ulashing https://fb.watch/f248syHg6p/
226 viewsSherzod_SHARIPOV, 19:32
Ochish/sharhlash
2022-08-21 18:16:55
“Yashil makon”: 4 oy avval va bugun! Mehrimiz bilan bunyod etilgan yam-yashil va moʻjizaviy bogʻimiz.

#yashilmakon

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi • Instagram • Facebook • YouTube
270 viewsSherzod_SHARIPOV, 15:16
Ochish/sharhlash
2022-08-20 17:54:07
#repost #yashilmakon #uzbekistan

4 oy avval “yashil makon” loyihasiga o‘z hissamizni qo‘shish uchun Sergeli tumani Xonobod mahallasida kichik bog’ yaratishni niyat qilgan edik. O‘shanda ko‘plab faollar kelib, pavloniya daraxtlarini ekishga yordam berishgandi. Bugun daraxtlar yam-yashil bo‘lib, mana shunday ko‘zni quvontiradigan darajaga keldi.

Bizning faoliyatimizda eng muhimi — mehr. Buning natijasini esa rasmda ko‘rishingiz mumkin.

Bosh prokuratura, Ekologiya qo’mitasi va Sergeli tumani hokimligiga alohida tashakkur bildiramiz.

@alisher_sadullaev
198 viewsSherzod_SHARIPOV, 14:54
Ochish/sharhlash
2022-08-20 14:51:27
Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida yetakchi kompaniyalar va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Saudiya Arabistonining investitsiyalar vaziri Xolid Al-Falih Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi yoshlarimizning g‘alabasini e’tirof etdi.

“Kuni kecha 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi biror marta yutqazmasdan, 180 ta mamlakatning ichida 1-o‘rinni olganidan biz ham juda mamnun bo‘ldik. Va albatta, bularning hammasi yurtingizning juda ajoyib yoshlari, aqlli yoshlari borligini namoyon qiladi”, degan Xolid Al-Falih.

@alisher_sadullaev
175 viewsSherzod_SHARIPOV, 11:51
Ochish/sharhlash
2022-08-19 15:19:12
Avval xabar berilganidek, 19-avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida munosib ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi tantanali kutib olinadi. Shu munosabat bilan soat 18:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtda Toshkentning bir necha ko‘chalari avtomobillar harakati uchun yopiladi (rasmda).

O‘zbekiston delegatsiyasini 20:30 da kutib olish rejalashtirilmoqda.

@alisher_sadullaev
178 viewsSherzod_SHARIPOV, 12:19
Ochish/sharhlash
2022-08-19 15:19:12
O‘zbekiston 158 ta medal bilan Islom birdamligi o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi

18-avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan V Islom birdamligi o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Unga ko‘ra, Turkiya terma jamoasi 145 ta oltin, 107 ta kumush va 89 ta bronza — 341 ta medal bilan birinchi, O‘zbekiston terma jamoasi 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza — jami 158 ta medal bilan ikkinchi, Eron esa 39 ta oltin, 44 ta kumush va 50 ta bronza — 133 ta medal bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Barcha sportchi yigit-qizlarimizni jamoamiz nomidan tabriklaymiz! Bugun, 19-avgust kuni soat 20:30 da Toshkent xalqaro aeroportida terma jamoamizni tantanali kutib olish rejalashtirilmoqda. Bunga barcha yurtdoshlarimizni, ommaviy axborot vositalari va blogerlarni taklif qilamiz. Kutib olishning aniq vaqti yana qo‘shimcha ma‘lum qilinadi.

@alisher_sadullaev
138 viewsSherzod_SHARIPOV, 12:19
Ochish/sharhlash