Get Mystery Box with random crypto!

#Repost #Uzbekistan #UZB31 Biz uchun eng qora kunlar — o’z | Yoshlar test

#Repost #Uzbekistan #UZB31

Biz uchun eng qora kunlar — o’zbek ziyolilarining ommaviy qatagʻon qilinganligi, millatimizning ildiziga urilgan eng ogʻir zarba edi.
Biz eng zabardast, xalqparvar va ma’rifatchi olimlarimizni aynan oʻtgan asrning 20-40-yillarida yoʻqotdik, ya’ni ularni yoʻqotishdi, yo qamoqqa olishdi, yo surgun qilishdi yoki shunchaki “xalq dushmani” degan tuhmat bilan otib tashlashdi.

Ota-bobolarimiz boshidan qanday ogʻir sinovlar oʻtganiga tarix guvoh. Ammo tariximizni turli davrlarda istagancha oʻzgartirdilar, xalqparvar bobolarimizning aziz nomini, butun xalqimizni yomonotliq qildilar.

Shukurki, bugun Vatanimiz ozod, ma’rifatparvar ota-bobolarimizning nomlari tiklandi. Endi yoshlarimiz bilan jadid bobolarimizni qanday maqsad bilan yashaganlarini oʻrganishimiz, chuqur tahlil qilib, ular mustaqillikka erishish yoʻlida jonlarini fido qilganlarining qadriga yetishimiz kerak.

Shu maqsadda jamoamiz va olim tarixchilar bilan “Jadidlar” toʻplamini nashrdan chiqardik. Kecha shu kitoblarning 12 ming nusxasini maktablar, oliy ta’lim muassasalari va kutubxonalarga joʻnatdik. Kitobxonlarimizga maroqli mutolaa tilaymiz.

@alisher_sadullaev