Get Mystery Box with random crypto!

Bu jamoaning gʻalabasi butun Oʻzbekistonni yana bir bor birlas | Yoshlar test

Bu jamoaning gʻalabasi butun Oʻzbekistonni yana bir bor birlashtirdi.

Bu munosib gʻalaba va ragʻbat natijasi boʻlsa kerak. Shaxmatchilar butun dunyoga kim ekanligimizni isbotlashdi. Xalqimiz ularni munosib kutib oldi, ragʻbatlantirdi. Bugun chempionlarimiz Prezidentimiz qo’llaridan “Oʻzbekiston iftixori” va “Kelajak bunyodkori” mukofotlarini olishdi.

Bu gʻalaba ularning ota-onalari qilgan tinimsiz mehnat, e’tibor va parvarish natijasi, deb bilaman.

Albatta, bunday g’alabalarda Shaxmat federatsiyasining oʻrni ham salmoqli, Husan aka Turdialiyev, Sunatullo Bozorboyev va boshqa jonkuyar xodimlarning mehnati ham tahsinga sazovor. Barchamizga yana bir bor gʻalabalar muborak boʻlsin!

@alisher_sadullaev