Get Mystery Box with random crypto!

“Yosh kitobxon” INFO

Telegram kanalining logotibi yoshkitobxonuz — “Yosh kitobxon” INFO Y
Kanaldagi mavzular:
Mahalladagi
Telegram kanalining logotibi yoshkitobxonuz — “Yosh kitobxon” INFO
Kanaldagi mavzular:
Mahalladagi
Kanal manzili: @yoshkitobxonuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.60K
Kanalning ta’rifi

Respublika «Yosh kitobxon» tanlovining rasmiy sahifalari:
🔸Facebook.com/Yoshkitobxon.uz
🔸Instagram.com/yoshkitobxonuz
🔸YouTube.com/channel/UCn6yaYA6UNKrL6AnJhRXdQA
📩Murojaat uchun: @Kitobxonmurojaatbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 67

2022-08-30 11:44:37
#adiblar_olamidan
#qiziqarli_faktlar

Balzak kun va tunni bilmagan!

Yozuvchi Onore de Balzakning gʻalati odatlari haqida u hayotlik chogʻidayoq koʻp gaplar yurgan.

Masalan, har safar yangi asar yozishdan oldin u bir-ikki oy muddatga oʻz xonasida qamalib olar ekan.

Yozuvchi pardalarni yorugʻlik kirmaydigan darajada mahkam yopib olar va uy xalatiga burkanib olib, sham yorugʻida ishlarkan.


Balzak kuniga 18 soat yozar, bu vaqt davomida unga kun va tunning farqini bilmaslik muhim edi.

Balzak boʻyinbogʻ (galstuk)ga bagʻishlab… butun boshli kitob yozgan.


https://t.me/yoshkitobxonuz
57.1K views08:44
Ochish/sharhlash
2022-08-30 06:34:29
​#Iqtibos

- Qahvani nima bilan ichishni xush koʻrasiz? Shakar, sut yoki dolchin bilanmi?
- Hammasidan ham...kitob bilan...

Nadeya Yasminska, "Kitob garmoniyasi"

QAHVA BILAN... KITOB MUTOLAA QILISHGA NIMA YETSIN

https://t.me/yoshkitobxonuz
56.2K views03:34
Ochish/sharhlash
2022-08-29 14:50:48Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» asaridan sinov testlari
Savollarga eng to‘g‘ri javobni tanlang! testi
6 ta savol · 10 soniya
32.8K views11:50
Ochish/sharhlash
2022-08-29 12:37:21
​#siz_uchun_foydali

MIYA QACHON BIZGA BO‘YSUNADI?

1. Miyangizni mashq qildiring!

Aqliy kuch talab qiladigan mashgʻulotlar bilan shugʻullaning: raqsga tushish, pianino chalish, yangi til oʻrganish miyaning funksional tarmoqlarini kengaytiradi.

2. Komfort zonadan chiqing!

Yangi koʻnikmalarni rivojlantiring va yangi gʻoyalarga ochiq boʻling.

3. Konsentratsiyani oʻrgating!

Buning uchun meditatsiyani boshlang. U miyaning diqqat va tashqi sezgi signallarini qayta ishlash uchun masʼul.

4. Har kuni oʻqing!

Oʻqish paytida miya oʻzgaradi va rivojlanadi. Ushbu soʻzlarni oʻqiyotganingizda, miyangiz mavhum belgilarni hal qiladi va natijalarni murakkab gʻoyalarga sintez qiladi. Bu ajoyib jarayon.

5. Kundalik yuriting!

Eslatmalarni qayd qilib borish aniq fikr yuritishga va eʼtiborli bo‘lishga yordam beradi. Yana bir
jihat: kundalik stressli vaziyatlar va tashvishlarni osonroq yengishga yordam beradi va immunitet hujayralarining faolligini oshiradi.


https://t.me/yoshkitobxonuz
40.0K views09:37
Ochish/sharhlash
2022-08-29 08:08:27
#sinov_uchun

Muallif va yashiringan so‘zlarni "izohlar"da qoldiring

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
Sen yurgan tog'larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Qalbingni yoqmasin shubha va so'roq,
Men o'zga manzilga tikkanman ko'zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq.


She'riyat

https://t.me/yoshkitobxonuz
44.1K views05:08
Ochish/sharhlash
2022-08-28 15:15:11
#iqtibos

«Har narsani oʻqish oʻqish hisoblanmaydi. Har ilm ilm emas, har olim ham olim emas. Har egilib-bukilish namoz boʻlmagani singari, qoʻliga kitob olgan har kim ham oʻqimishli hisoblanmaydi. Diplomi bor har kim ham olim emas. Ilm degani Haqqa olib borsagina (Uni tanitsagina) ilm hisoblanadi.»


Nuriddin Yildiz

«Hur yurakli yigit» kitobidan

Siz kitobni qay maqsadda o‘qiyapsiz, azizim kitobxon?!

https://t.me/yoshkitobxonuz
53.6K views12:15
Ochish/sharhlash
2022-08-28 11:17:30
Буюк ҳақиқатлар энг оддий ҳақиқатлардир.
Иқтибоснинг муаллифини топинг.
Anonymous Quiz
30%
Ж. Румий
31%
Л. Толстой
15%
Пауло Коэльо
10%
Оскар Уайльд
5%
Ф. Кафка
10%
Т. Малик
11.8K voters49.3K views08:17
Ochish/sharhlash
2022-08-28 08:21:40 MALIKAI AYYOR

Siz dostonni oʻqish davomida Goʻroʻgʻlining ovga chiqqanda Torkiston malikasi Malika Ayyorni uchratib oshiq boʻlishi, uni topish uchun oʻgʻli Avazxonni safarga yuborishi, Avazxonni oʻldirish uchun uning izidan Ahmad Sardorning buyrugʻi bilan Asad va Shodmon merganlarning yoʻlga chiqishi, Avazxonga devlar va parilarning yordam berishi, safarda Avazga Shoqalandar va Shozargar ismli shaxsning yordam berishi, ularning birgalikda Torkistonga borishi, Torkistonda malikaning sherni oʻldirib qoʻyishi, Shozargarning Tillaqizni qoʻlga kiritish uchun qilgan ishlari, Torkistondan Tillaqiz va Malika Ayyorni olib kelishlari, Safardan qaytishda devlar bilan boʻlgan janglar, Asad va Shodmonning safardan qaytayotgan Avazni oʻldirishga harakat qilishi kabi sarguzashtlarga boy voqealarga guvoh boʻlasiz.

https://t.me/yoshkitobxonuz
54.4K views05:21
Ochish/sharhlash
2022-08-27 17:06:45
#yosh_kitobxon

Yorqinjon Xayitboyev — qishloqda tug‘ilgan, mehnatkash dehqon oilasida katta bo‘lgan oddiy bola. «Yosh kitobxon» tanlovi g‘olibi— “Spark” avtomobili sohibi. Havasingiz ortdimi? Sizda ham shunday imkoniyat bor!

"SPARK" YUTIB OLISHNI ISTAYSIZMI?

"YOSH KITOBXON" tanlovi haqida eshitganingiz aniq! Ammo tanlovda qanday ishtirok etishni bilmayapsizmi?

Bu juda oson, @yoshkitobxon_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting, bu yilgi mavsumda o'qilishi kerak bo'lgan kitoblar bilan do'stlashing va albatta, tanlovda sizni muvaffaqiyatli kitobxonlar safida ko'rishdan mamnun bo'lamiz.

Tanlovning respublika bosqichiga chiqqan har bir ishtirokchi pul mukofoti bilan, 1-oʻrin sohibi Prezident sovgʻasi — “Spark” avtomobili bilan taqdirlanadi. Endilikda viloyat bosqichida ham bilimli yoshlarimizni taqdirlash rejalashtirilgan.

Arizalar qabuli 1-sentabrga qadar davom etadi.

https://t.me/yoshkitobxonuz
66.5K views14:06
Ochish/sharhlash
2022-08-27 12:53:24  #tanlov_nizomidan

Tanlov g‘oliblari qay tartibda taqdirlanadi?

Tanlovning tuman (shahar) bosqichi g‘oliblari:

uchta yosh toifasida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri hududiy bosqichiga yo‘llanma, diplom bilan;

uchta yosh toifasida 2-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri 15 dona kitobdan iborat kitoblar to‘plami, diplom bilan;

uchta yosh toifasida 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri 10 dona kitobdan iborat kitoblar to‘plami, diplom bilan taqdirlanadi.

Tanlovning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi g‘oliblari: link

Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari: link

https://t.me/yoshkitobxonuz
56.2K viewsedited  09:53
Ochish/sharhlash