Get Mystery Box with random crypto!

“Yosh kitobxon” INFO

Telegram kanalining logotibi yoshkitobxonuz — “Yosh kitobxon” INFO Y
Kanaldagi mavzular:
Mahalladagi
Telegram kanalining logotibi yoshkitobxonuz — “Yosh kitobxon” INFO
Kanaldagi mavzular:
Mahalladagi
Kanal manzili: @yoshkitobxonuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.60K
Kanalning ta’rifi

Respublika «Yosh kitobxon» tanlovining rasmiy sahifalari:
🔸Facebook.com/Yoshkitobxon.uz
🔸Instagram.com/yoshkitobxonuz
🔸YouTube.com/channel/UCn6yaYA6UNKrL6AnJhRXdQA
📩Murojaat uchun: @Kitobxonmurojaatbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 64

2022-09-07 16:27:14 #foydali_mutolaa


SIZ IZLAGAN KITOB
(BIR HAFTADAN SO‘NG TANLOVDA SHU ASAR BO‘YICHA TEST TUZILADI, XABARINGIZ BOR-A!)


"Shum bola" ichidagi katta bir dardi bilan kuldiradi oʻquvchilarini. Yozuvchi davr muammolarini achchiq mutoyiba qiladi. Bu orada bolakayni istagan yoʻrigʻida oʻynatadi. Ammo uni holiga kulolmaysiz... faqat qoʻshiqni miriqib tinglash mumkin...

Qoʻshilishib aytsangiz ham boʻladi, axir uni siz sogʻingansiz

***

Daryo toshqin, suvlar toʻlqin oʻtolmayman yor-yor,
Otim oriq, manzil uzoq yetolmayman yor-yor.

Otginamni oriq qilgan shu mayda tosh yor-yorey,
Rangginamni sariq qilgan ul qalam qosh yor-yorey.

Ipdanmidi, ipakmidi kiyganingiz yor-yorey,
Bizlardan ham ortiqmidi, sevganingiz yor-yorey.


https://t.me/yoshkitobxonuz
20.6K viewsedited  13:27
Ochish/sharhlash
2022-09-07 12:00:31


Har bir yosh avlod o‘rnak olsa arziydigan "Yosh kitobxon" tanlovi g‘oliblari o‘zlariga berilgan mukofot uchun munosib ekanliklarini yana bir bor isbot qilishdi.

Bugun soat 15:30 da, “Mening Yurtim” telekanalida “5 ketdim” ko‘rsatuvini tomosha qiling!

#my5tv #5ketdim #parvizfattoyev

https://t.me/yoshkitobxonuz
27.5K viewsedited  09:00
Ochish/sharhlash
2022-09-07 10:48:28
#yosh_kitobxon_onlayn

«YOSH KITOBXON» tanlovini intiqib kutayotganlar uchun tanlov oldi tanlov e'lon qilamiz

Shartlar juda oddiy:

1) Tanlov ro‘yxatida bor asarlardan birini hafta davomida o‘qib chiqishingiz kerak;

2) Bir haftadan so‘ng mazkur –
https://t.me/yoshkitobxonuz
kanalida belgilangan vaqtda o‘qiganlaringiz bo‘yicha bilimingizni sinab ko‘rasiz;

3) Testda ishtirok etasiz, eng to‘g‘ri va eng yuqori ball olganingizdan so‘ng sizni g‘oliblar safida taqdirlashdan mamnun bo‘lamiz

Tanlov g‘oliblari Yoshlar Ishlari Agentligi diplomi va maxsus sovg‘asi bilan taqdirlanadi!

DIQQAT: Bu hafta uchun G‘ofur G‘ulomning «Shum bola» asari tanlab olindi. Mutolaani bugundan boshlashingiz mumkin

Izoh: Tanlovda yosh chegaralanmagan!

https://t.me/yoshkitobxonuz
33.3K viewsedited  07:48
Ochish/sharhlash
2022-09-07 08:22:44 #foydali_mutolaa

Abdulla Oripov
Saylanma


«Men ham yashayapman o‘z zamonimda,
Davrimdan qayga ham tushardim yiroq.
Va lekin bilmadim, mening qonimda
Qaysi bir bobomning xislati ko‘proq...»


https://t.me/yoshkitobxonuz
9.1K views05:22
Ochish/sharhlash
2022-09-06 12:05:53
#tanlov_nizomidan

TANLOV ISHTIROKCHILARINI KIM VA QANDAY BAHOLAYDI?

 Tanlovning har bir bosqichida shoir-yozuvchilar, o‘qituvchilar, jurnalistlar va boshqa mutaxassislardan iborat Hakamlar hay’atlari tuziladi.

Hakamlar hay’ati ishtirokchilarni baholashda:

belgilangan kitoblarni o‘qiganini tekshiradi;
mohiyatini to‘g‘ri tushunganini;
til qoidalariga amal qilishini,
aniq raqam va tahlillarga asoslanishini,
fikrini bayon qilish qobiliyatini inobatga oladi.

https://t.me/yoshkitobxonuz
12.7K views09:05
Ochish/sharhlash
2022-09-06 08:26:32 #maroqli_mutolaa_uchun

ZULMAT ICHRA NUR

#iqtibos

«Navoiyning tobutini koʻtarib ketayotganlarida koʻz yoshi singari yomgʻir tomchilab turardi. Daqiqa sayin almashinib turgan tobutkashlar qushdek yengil boʻlib qolgan shoirning tobutini dod faryod koʻtargan tumonat odam orasidan arang olib oʻtib, iydgohga yetkazdilar... »

https://t.me/yoshkitobxonuz
23.2K views05:26
Ochish/sharhlash
2022-09-05 20:00:13
Yana bir katta yutuq!!! Kitobxon qizimiz Muxlisa Nasimova 14 yoshida kitob oʻqib, Spark avtomobilini yutib olgan boʻlsa, mana 15 yoshida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan birinchilardan boʻlib taqdim etilgan "Yosh bojxonachi" koʻkrak nishoniga sazovor boʻldi. Muxlisa faqat bu bilan cheklanib qolgani yoʻq!!! U yosh kitobxonlarga "Tengdoshlarimga tuxfa" nomli kitobini ham ulashdi. Kitobda eng sara asarlarga Muxlisa tomonidan ajoyib sharxlar mavjud.

Bilasizmi "Yosh kitobxon" tanlovi yangi olmoslarni kashf etadi, ammo shu olmoslarning ham ochilmagan yangi qirralari mavjud!!! Buni Muxlisa misolida koʻrmoqdamiz!!!!
20.1K views17:00
Ochish/sharhlash
2022-09-05 13:10:57
#sinov_uchun

O, ota makonim,
Onajon oʻlkam,
Oʻzbekiston, jonim toʻshay soyangga.
Senday mehribon yoʻq,
Seningdek koʻrkam,
Rimni alishmasman bedapoyangga...

Muallif va yashiringan so‘zlarni toping!

https://t.me/yoshkitobxonuz
22.6K views10:10
Ochish/sharhlash
2022-09-05 08:15:36 #foydali_mutolaa
#asardan_parcha

Maxtumquli:

– Ul nimadir, yoqasi bor, yoni yo‘q?
Ul nimadir, qanoti bor, qoni yo‘q?
Ul nimadir, odam yutar, joni yo‘q?
Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!

Turdi shoir:


– Ul kafandur, yoqasi bor, yoni yo‘q,
Kapalakdur, qanoti bor, qoni yo‘q,
Qaro yerdur, odam yutar, joni yo‘q,
Bizdan salom bo‘lsin, javob shundaydir...


She'r judayam tanish ko‘rinmayaptimi

https://t.me/yoshkitobxonuz
4.7K views05:15
Ochish/sharhlash
2022-09-04 17:07:03
#qiziqarli_faktlar

Oʻnta boʻlsa, oʻrni boshqa, qirqta boʻlsa – qiligʻi…

Avlodlari eng koʻp tarqalgan inson sifatida Chingizxonga yetadigani yoʻq.

Dunyodagi har ikki yuzinchi kishining geneologik ildizi Chingizxonga borib taqaladi.

Hozir yer yuzida taxminan, oʻttiz besh million nafar… “chingiziylar” yashashyapti!

Balki siz ham shu sanoqda bordirsiz? Tarix tilsimini ochsaydi... Ajdodlaringiz kimligini bilishga siz ham juda qiziqasizmi? Vaqt mashinasiga nima deysiz...

https://t.me/yoshkitobxonuz
31.8K views14:07
Ochish/sharhlash