Get Mystery Box with random crypto!

“Yosh kitobxon” INFO — Telegram kanal

Telegram kanalining logotibi yoshkitobxonuz — “Yosh kitobxon” INFO Y
Telegram kanalining logotibi yoshkitobxonuz — “Yosh kitobxon” INFO
Kanal manzili: @yoshkitobxonuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 67.43K (04.10.2026 holatiga ko'ra ma'lumot)
Oʻxshash kanallar Taʼlim
Kanalning ta’rifi

Respublika «Yosh kitobxon» tanlovining rasmiy sahifalari: 🔸Facebook.com/Yoshkitobxon.uz 🔸Instagram.com/yoshkitobxonuz 🔸YouTube.com/channel/UCn6yaYA6UNKrL6AnJhRXdQA 📩Murojaat uchun: @Kitobxonmurojaatbot


Oxirgi xabar

9 окт 2022
She'riyat

BAGʻISHLOV
(«Naxshon» dostonidan)


Bogʻlarga namozgar
Salqini tushdi,
Gullar nam bargini
Qayirdi asta.
Oftob ham suv ichar
Togʻlardan pastda,
Loladek qip-qizil
Oʻt shafaq oʻchdi.

Koʻz tutdim
Koʻzlarim nigaron boʻldi;
O, dilbar,
Simbarim, yuzlari qirmiz.
Kiprigi koʻksiga
Soya solgan qiz,
Koʻz tutdim,
Yuragim toʻla qon boʻldi.

Shabboda bolariday
Gulzor uzra shoʻx Oy fonarini
Yoqdi - qiz oqshom, Yasha!
Sen kelding,
Sevgilim, Naxshon,
Suv qizi - suvsarim,
Kipriklari oʻq.
Sen kelding,
Koʻnglimga suv kabi oqding.

Sen kelding -
Ruhimda yashash boshlandi,
Sevinchdan koʻzlarim
Behol yoshlandi.
Sen kelding,
Sheʼrimga chechaklar taqding.
Sen kelding,
Vaʼdaga vafodor malak,
Oppoq qoʻlingnimi
Siypalab oʻpay?
Qora sochingnimi
Siypalab oʻray?
Vaʼda etayinmi,
Senga deb falak?

Arzirdi
Falakni etsam hadya,
Afsus...
Fazo menga hali qul emas,
Mayli... borimni
Aylay armugʻon.
Garchi u
Ajoyib, asl gul emas,
Naxshon, ey yoshligim,
Sevgilim, ma, ol!

Ishqimning eng oliy
Tuhfasi sheʼrim.
Oʻqi! Lablaringdan toʻyib emgani,
Sheʼrimga berkindi
Ataylab mehrim.

Usmon Nosir

https://t.me/yoshkitobxonuz
8.1K views16:28
Ochish/sharhlash
28 сен 2022
Picture 1 from “Yosh kitobxon” INFO 2022-09-28 15:17:01
Sen tongda uygʻonding. Gazga qoʻyding choy.
Bu mehr men uchun emas, hoynahoy.

Sen oppoq koʻylakka urasan dazmol.
Bu ishni men uchun qilmogʻing - mahol.

Uyni supirasan, poklaysan changdan.
Supirib otmaysan meni bu gʻamdan.

Ovqat pishirasan. Moʻl-koʻl dasturxon...
Ovqatingni maqtar oʻzga bir inson.

Bolangning koʻziga boqib toʻymaysan.
Sen mening bolamni oʻpib qoʻymaysan.

Ammo yolgʻiz qolsang egilar boshing -
Koʻzingdan soʻramay oqadi yoshing.

Meni sogʻindingmi? Kuydingmi?.. Rahmat!..
Koʻz yoshing meniki, koʻz yoshing faqat...


Usmon Azim

https://t.me/yoshkitobxonuz
27.2K views12:17
Ochish/sharhlash

Ko'p beriladigan savollar

“Yosh kitobxon” INFO haqida tez-tez beriladigan savollar

“Yosh kitobxon” INFO (@yoshkitobxonuz) — Telegram Store katalogiga kiritilgan Telegram kanali. Ushbu sahifadagi «Kanalga o‘tish» tugmasi kanalni Telegram orqali ochadi.
Ushbu sahifadagi «Kanalga o‘tish» tugmasini bosing yoki Telegramda @yoshkitobxonuz ni qidiring. Kanalga hali ham qo'shilish mumkinligini Telegramning o'zi ko'rsatadi.
Telegram Store katalogi bu yozuv va havola uchun haq olmaydi. Kanal bepulmi yoki yo'qmi, buni uning Telegramdagi egasi hal qiladi.
Katalogda “Yosh kitobxon” INFO uchun 67.43K obunachi ko'rsatilgan (04.10.2026 holatiga ko'ra ma'lumot). Hozirgi soni Telegramda ko'rinadi.
Katalogda “Yosh kitobxon” INFO tili Oʻzbek tili deb ko'rsatilgan.
Ha, o'xshash kanallar ushbu sahifaning pastroq qismida keltirilgan.
Ushbu sahifada “Yosh kitobxon” INFO haqidagi katalog ma'lumotlari va kanalga havola bor. Postlarning o'zi Telegramda o'qiladi.
“Yosh kitobxon” INFO avatar
“Yosh kitobxon” INFO @yoshkitobxonuz
Telegram'da ochish