Get Mystery Box with random crypto!

Isrof haqida Ukraina-Rossiya urushidan so'ng O'zbekistonda do | Yorqin Mamatqulov

Isrof haqida

Ukraina-Rossiya urushidan so'ng O'zbekistonda dollar bilan birgalikda qo'g'ozning narxi ham ko'tarilib ketdi. Bu narsa meni yana bir bor qog'oz iste'moli haqida o'ylab ko'rishga majbur qildi. Quyida fikrlarimni aytaman:
1. Nimagadir hali ham davlat idoralari va tashkilotlarida hujjat almashinuvi elekrton tizimga (ijro.gov.uz) o'tgan bo'lsada, hali ham hujjatlar qog'oz ko'rinishda chiqarilib tikilishi shart. To'g'risi bu qog'ozning iste'molini ko'paytirib qolmasdan, xodimlarga ham qo'shimcha ish tug'dirmoqda.
2. Ish jarayonida ko'pincha e'tibor beraman rahbar yoki tegishli ma'sul shaxsga biror hujjat loyihasi tanishib chiqish uchun yoki ijro uchun kiritilganda har doim qog'ozning birinchi betiga kiritilishi shart. Ikkinchi beti ochiq qolishi shart. Eslayman, talabalik paytimda universitetda "Sharq" nashriyoti xodimlari suhbatda shunday deyishgandi: biz qog'ozni Finlandiyadan qimmat narxga sotib olamiz. Lekin fin xalqi qog'oz ishlab chiqarishda birinchi o'rinda tursada, qog'ozning ikki tarafidan foydalanadi, bizda esa bu nimagadir qoida buzishga tengdek ko'rinadi. Eslayman, har doim rahbarga yoki boshqa tashkilotga xat, hujjat tayyorlasam qog'ozning bir tarafiga chop etishimni aytishardi garchi unchalik zarur bo'lmasada.
3. 2021-yil o’qishni tamomlagan bo’lsamda, haligacha diplomimni olmaganman. Sababi, uni olish uchun “обходной лист”ga tegishli ma’sullarga qo’l qo’ydirishim kerak edi. Bu yana ortiqcha qog’ozbozlik deganidir, unda eng oxirgi band dekanatga tegishli bo’lib, unga ko’ra, bitiruv malakaviy ishimni (diplom ishi) qog’oz variantda chop qilishim kerak edi, tasavvur qilayapsizmi sal kam ikki yil oldin himoyasi covid-19 epidemiyasi sababli, elektron tarzda Moodlega yuklangan bu ijodiy ishni hali ham qog’oz variantda chop qillishimni istashayapdi. Ularning ham aybi yo’q lekin nahotki bu hech qaysi ma’sulni qiziqtirmasa…


https://t.me/yorqinmamatqulov