Get Mystery Box with random crypto!

Tez o’rganish qiyin Birinchi marta kubik-rubik yig’ishni o’rg | Yorqin Mamatqulov

Tez o’rganish qiyin

Birinchi marta kubik-rubik yig’ishni o’rganganishni boshlaganimda Youtubedan videolar ko’rishni boshlaganman. Lekin ularni to’g’risi tushunmasdan, rosa qiynalganman. Shunda universitetdagi buni biladigan bir tanishimdan yordam so’raganman. Shunda u menga juda ham qiziq usul orqali kubikni yig’ishni o’rgatgan. Har kuni bittdan chiziqni yig’ish, boshqacha aytganda, ikki yoki uchta qadamni o’rgatgan. Ya’ni kubikning bitta chizig’ini o’rganishim bilan kun bo’yi faqat shuni takrorlaganman. Keyingi qadam o’rganishim uchun keying kunni kutishim shart edi. To’g’risi boshida zerikarlidek ko’ringan bo’lsada, 7 kunda to’liq o’rganganman. Tanishim shunda bir qiziq gapni aytgan agar birdaniga kubikning hamma tomonini bir kunda yig’ishni o’rgatganida bu mashg’ulotni qiyin qilib, qadamlar esimdan chiqib ketardi.

P.S. Har doim biror narsani o’rganmoqchi bo’lganingizda uni kichik qismlarga bo’lib, uni har kuni takrorlash juda ham samarali va oson yo’ldir. Muhimi muntazamlik va sabr-toqat



https://t.me/yorqinmamatqulov