Get Mystery Box with random crypto!

Yetim dasturchi kundaligi

Telegram kanalining logotibi yetimdasturchi — Yetim dasturchi kundaligi Y
Telegram kanalining logotibi yetimdasturchi — Yetim dasturchi kundaligi
Kanal manzili: @yetimdasturchi
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.43K
Kanalning ta’rifi

Murakkablik - avvalgisidan unchalik yaxshi bo'lmagan voqeligingizni qabul qilishingizdir.
https://manu.uno/

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-08 07:31:00 Tez orada blogning yangilangan versiyasi gitga ham kiritiladi
269 views04:31
Ochish/sharhlash
2022-07-08 07:30:43
Blogdagi long read postlar uchun pozitsiyani saqlash funksiyani qo'shib qo'ydim.

Ya'nikim biror bir maqola o'qish jarayonida to'satdan chiqib ketish yoki keyinroq o'qiyman davomidi degan holatlar bo'lsa blog o'sha holatni o'zida saqlab qo'yadi.

Davom ettirish ustiga bosilganda esa sizni aynan so'nggi mutolaa qismiga olib boradi.

@yetimdasturchi
264 views04:30
Ochish/sharhlash
2022-07-08 04:00:31
Rey BREDBERI - Farengeyt boʻyicha 451 daraja

Kitobni olovda yoqishdan ham yomonroq jinoyatlar bor. Misol uchun uni o‘qimaslik.

Bir tasavvur qilib koʻring. Xonadoningizda bitta ham kitob yoʻq. Maktabda ham, kutubxonada ham, idorayu ofislarda ham, kompyuter saytlariyu doʻkon va bozordan ham bu zormandani izlab ham topolmaysiz. Kitob oʻqigan u yoqda tursin, saqlagan odamni beshafqat taʼqib kutadi…

Qanchalik g'alati tuyulmasin. Rey amaki kitob o'qimaslik haqida kitob yozgan inson hisoblanadi. Uning o'quvchilar uchun yozganlari 20-asr qolib 21-asrda ham eng ommabop asarlardan biri bo'lib kelmoqda.

Romanni endi bizning kutubxona orqali ham o'qishingiz mumkin

https://manu.uno/library/rey-bredberi-farengeyt-boyicha-451-daraja

P.S: Sizga taqdim qilinayotgan variant qisqa va eski tarjimada. Agarda o'zingiz uchun spoiler bo'lishini istamasangiz Asaxiy Books doirasida ushbu kitob yaqinda qaytadan tarjima qilinib nashr qilingan. Hozircha yangi tarjimani eski sovet davridagisi bilan solishtirib ko'ra olmadim. Balkim yangi versiya yanada yaxshiroq va asaxiy repertuaridagidek senzuralarsiz bo'lgandir.

@yetimdasturchi
266 views01:00
Ochish/sharhlash
2022-07-08 03:18:45 Mijoz uchun funksionallik ahamiyatsiz. Dasturchi bu nafaqat dastur yasaydigan balki uni doimo o'zi ishlatib berishga ham majburiy shaxsdek qaraladi bizda.

Albatta dasturda imkoniyatlar ko'paygani sari u murakkablashishi tabiiy holat. Lekin nimaga odamlarda oddiy ko'rgan narsasini improvizatsiya qilib o'rganishga harakat kam? Nima uchun atrofimizdagi olamda doimo kimdir ularga hamma narsani o'rgatib qo'yishi so'raladi? Nega birov shunchaki internetni, kitobni qo'liga olib mustaqil o'rganish bizning jamiyat ongida shakllanmagan?

Self educationga eng no'noq xalq biz bo'lsak kerak.
250 views00:18
Ochish/sharhlash
2022-07-08 03:10:37
Bookmate beeline abonentlari uchun kunlik 600 so'm obuna asosida.

O'zidagi obuna asosida bu taklif 24$ oylik degani.
254 views00:10
Ochish/sharhlash
2022-07-07 23:05:07 Gender tengligini ham afg'on ayoli kabi zo'rlab qo'ydinglar. O'zi O'zbekga lyuboy narsa sholpillab qolishi tayin edi, bu safar faqatgina amaldor emas jamiyat qovun tushirib yubordi. Tug'ishni gender tengligi deb bilish bu haqiqiy debilizmdan boshqasi emas.…
263 views20:05
Ochish/sharhlash
2022-07-07 23:04:47 Balki erkin ta'lim, erkin fikrlash. Bizni ayollarga ayni shu narsa yetishmaydi xolos.
263 views20:04
Ochish/sharhlash
2022-07-07 23:04:47 Gender tengligini ham afg'on ayoli kabi zo'rlab qo'ydinglar.
O'zi O'zbekga lyuboy narsa sholpillab qolishi tayin edi, bu safar faqatgina amaldor emas jamiyat qovun tushirib yubordi.

Tug'ishni gender tengligi deb bilish bu haqiqiy debilizmdan boshqasi emas. Bajadonli erkakni kimdir ko'rganmi yoki? Albatta hozirda meditsina jinslar masalasida juda ham oldinlab ketgan, kimdir bemalol o'z jinsini almashtira oladi. Lekin bu alohida masalasa.

Ibtidoiy qabilalardan boshlab qaraydigan bo'lsak erkaklar jismonan kuchliligi sabab doimiy ovlar, ayollar esa kuchsiz bo'lsada jamiyat rivoji uchun harakat qilib kelgan.

O'zbekistonda ayollar huquqi masalasi 0ga tengligi hammaga ayon. Hattoki konstitutsiyada ikki moddada aynan jinsiy tenglik aytilgan bo'lsada amalda buni amalda uchratish kam.

Negadir bizni odamlar ongida ayolni sikmasang tug'maydi va erkaksiz hayot yo'qga chiqadi degan stereotip shakllanib qolgan. Gender tengligi desa faqat ish va sekasni tasavvur qilamiz.

Aslida esa masala boshqa tomonda.

Ayollar ta'limi o'lgan, oilada qiz bola tug'ilgandan boshlab erga tegishga tayyorlanadi, bir ma'noda o'g'il bola ham shunday shakllantiriladi. Xuddiki boshqa mazmundagi hayot yo'qday tuyiladi ba'zida.

Ayolni istagancha urish, ko'ngling tortganda sikib tug'dirishing mumkin, yoqmay qolsa bir buyum kabi chetga irg'itib yangisini olsang ham bo'ladi deb tushunadi bizni odamlar.

Masalaga boshqacha yondashish kerak, tenglik deganda jismonan mehnatni emas aqlan erkinlikni tushunish lozim. G'isht quyish, pul topish ayol kishini ham qo'lidan keladi. Lekin ko'p hollarda bunday jismonan og'ir mehnatni majburlikdan qiladi ular. Bunday ayollar atrofimizda to'lib yotipti. Shaxsan o'zim yuzlabini uchratganman. Eri alkash iplos bo'lib ketgani uchun duradgorlikni o'rganib hozirgacha mebel ishlab chiqardigan ayoldan boshlab, minglab gektar yerni jigarini sug'irib oladigan ayolgacha taniyman.

Lekin bularni ich ichidagi dardiga e'tibor bersangiz umuman boshqa bir dunyoni ko'rasiz. Eri sabab ular erkaksifat ayolga aylanishga majbur bo'lgan. Farzandlari sabab ular o'zining jinsiy ehtiyoji, figurasiyu go'zalligini ham unuta olgan. Men ko'rgan bunday ayollari ba'rida erkak jinsi aybi sabab ular borini ichiga yutishga mahkum bo'lgan.

Lekin ayolini beparatsiligi sabab ham xo'rlangan erkaklar yo'q emas. Tom ma'noda oilada o'ziga keraksilisi topa olmagan erkak bor mehrni ko'chadan qidiradi. Ayolni bir ayolning unga normal mehr bermagani erkakda boshqa ayollarda ham xato fikr shakllanishiga olib keladi.

Qars ikki qo'ldan chiqadi.

Aslida bizdagi urf odatlar juda normal shakllangan. Faqatgina undagi ba'zi kamchiliklarni to'ldirib keraksizidan voz kecha olsak bo'lgani.

Erkak kishiga bankomat sifatida qaralishi men uchun normal holat. Faqatgina unutmaslik lozim ba'zida bankomatni puli tugasa uni pulga to'ldirguncha ham ma'lum vaqt kerak.

Ayol kishi ham seks mashina emas. Men shu kungacha qaynansini mehnatini qilishdan, erini paypog'i va turisigini yuvishdan bosh tortmaydigan ayollarini ko'pini bilaman. Deyarli 99% ayollarimiz bizda buni normal qabul qilishadi.

Faqatgina ularga ham imkon berish kerak. Istagan bilimini ola olsin, oilada erkin fikrini ayta olsin, o'zi istagan kasbini tanlasin, o'zi xohalagan kishisi bilan oila qursin manabular aslida bizga yetishmaydi. Qaynanalar ham kelin qul deb soat ertalab 4 da uyg'onish majburiyatini qo'ymay kelinga ham imkon bersin. Shu jumladan yangi kelin 1 yil ichida tug'masa uni tug'masga chiqarib kundoshlik tushunchasini ham unga o'qtirish xato. Bola bir kombayn mahsuloti emaski yiliga yetishtirilib chiqilsa.

Har qanday vaziyatda bola tarbiyasi bilan ayol kishi ko'proq shug'ullanadi. Shu sabab ham ayol kishini bilim olishi, erkin fikrlay olish qobiliyati juda ham e'tibor muhim.

Kuchlar teng taqsimlanishi kerakligi hisobga olinsa erkak butun oilani ta'minlashi, ayol esa erkak kishini qo'llash uchun oiladagi holatlarni sarajomlashishi normal holat. Men shunda kuchlar tenglashadi deb bilaman. Balkim fikrim kim uchundir xatodir.

Unutmasligimiz lozim, gender tengligi bu tug'ish yoki g'isht quyish emas.
250 views20:04
Ochish/sharhlash
2022-07-07 19:50:53
322 views16:50
Ochish/sharhlash
2022-07-07 08:11:10 Bir sutkalit uyqusizlikdan ayag'a og'riyapti. Bir uxlab tursam sabablari haqida aytib beraman.

So'qivoy akani kuchugi ham dasturchidan tartibliroq hayot kechiradi.
20.9K views05:11
Ochish/sharhlash