Get Mystery Box with random crypto!

Rey BREDBERI - Farengeyt boʻyicha 451 daraja Kitobni olovda y | Yetim dasturchi kundaligi

Rey BREDBERI - Farengeyt boʻyicha 451 daraja

Kitobni olovda yoqishdan ham yomonroq jinoyatlar bor. Misol uchun uni o‘qimaslik.

Bir tasavvur qilib koʻring. Xonadoningizda bitta ham kitob yoʻq. Maktabda ham, kutubxonada ham, idorayu ofislarda ham, kompyuter saytlariyu doʻkon va bozordan ham bu zormandani izlab ham topolmaysiz. Kitob oʻqigan u yoqda tursin, saqlagan odamni beshafqat taʼqib kutadi…

Qanchalik g'alati tuyulmasin. Rey amaki kitob o'qimaslik haqida kitob yozgan inson hisoblanadi. Uning o'quvchilar uchun yozganlari 20-asr qolib 21-asrda ham eng ommabop asarlardan biri bo'lib kelmoqda.

Romanni endi bizning kutubxona orqali ham o'qishingiz mumkin

https://manu.uno/library/rey-bredberi-farengeyt-boyicha-451-daraja

P.S: Sizga taqdim qilinayotgan variant qisqa va eski tarjimada. Agarda o'zingiz uchun spoiler bo'lishini istamasangiz Asaxiy Books doirasida ushbu kitob yaqinda qaytadan tarjima qilinib nashr qilingan. Hozircha yangi tarjimani eski sovet davridagisi bilan solishtirib ko'ra olmadim. Balkim yangi versiya yanada yaxshiroq va asaxiy repertuaridagidek senzuralarsiz bo'lgandir.

@yetimdasturchi