Get Mystery Box with random crypto!

Yetakchi uchun ko'mak!

Telegram kanalining logotibi yetakchi_uchun — Yetakchi uchun ko'mak! Y
Telegram kanalining logotibi yetakchi_uchun — Yetakchi uchun ko'mak!
Kanal manzili: @yetakchi_uchun
Toifalar: Bloglar , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 791
Kanalning ta’rifi

Yoshlar yetakchilari uchun!
09.01.2018

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2021-01-31 21:45:13 Uslubiy qo‘llanma

BOSHLANG‘ICH TASHKILOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH


Jahongir Xakimovich
@yetakchi_uchun
2.6K viewsJahongir Xakimovich, edited  18:45
Ochish/sharhlash
2021-01-31 19:03:53 Odamlar nimani hech qachon unutmaydi?

Samolyotda oq tanli bir ayol habash erkak bilan yonma-yon o‘tirib qoldi. Bu vaziyatdan u bezovtalandi, behuzur bo‘ldi. Ctyuardessani chaqirib, o‘ziga boshqa bir joy topib berishni so‘radi. Axir, u qora tanli odamning yonida o‘tira olmasdi-da.

Styuardessa xushmuomalalik bilan samolyotning barcha o‘rindiqlari band ekanini, har ehtimolga qarshi VIP bo‘limida biron bo‘sh joy bo‘lsa, qarab ko‘rishi va bu haqda xabar berishini aytdi.

Yo‘lovchilarning ayrimlari bu voqeani hayrat bilan, ayrimlari esa nafrat bilan kuzatib turishardi. Ularning nigohida shunday ifoda bor edi: «Bu ayol hurmatsizlik qilgani yetmaganday, endi VIP bo‘limida ketadimi?»

Tanasining rangi tufayli kamsitilgan haligi kishi esa indamay o‘tirardi.

Ayol o‘zining VIP bo‘limida ketayotganini tasavvur oynasida jonlantirgancha styuardessani sabrsizlik bilan kuta boshladi.

Bir necha daqiqadan keyin styuardessa qaytib keldi va shunday dedi:

— Kechikkanim uchun uzr so‘rayman. Nihoyat, VIP bo‘limidan bitta bo‘sh joy topdim. Ammo yo‘lovchilarning joyini o‘zgartirish masalasida uchuvchidan ruxsat olishim kerak edi. Uchuvchimiz «Muammo keltirib chiqaruvchi odamning yonida ketishga hech kim majbur emas», dedi va ruxsat berdi.

Bu gapni eshitgan yo‘lovchilar hayron bo‘lishdi. Bu orada oq tanli ayol mag‘rur ifoda bilan o‘rnidan turib, VIP bo‘limidagi yangi joyga o‘tishga hozirlana boshladi. Ayni shu onda styuardessa jimgina o‘tirgan qora tanli odamga yuzlanib:

— Janob, sizni samolyotning VIP bo‘limidagi joyga olib borishimga ruxsat bersangiz, marhamat, - dedi. – Kapitanimiz bunday noxush vaziyat yaratuvchi odamning yonidan o‘tirish majburiyatida qoldirgani uchun butun kompaniyamiz nomidan sizdan uzr so‘radi.

Barcha yo‘lovchilar nima bo‘lganini anglab yetgach, samolyot ekipajini birgalikda olqishlay boshlashdi…

O‘sha yil ayni shu voqea sabab kapitan va styuardessa yuksak mukofot bilan taqdirlandi. Quyidagi fikrlar esa kompaniya barcha ofislarining ko‘zga ko‘rinarli yeriga yozib qo‘yiladigan bo‘ldi:

«Insonlar ularga nima deganingizni unutishlari mumkin. Insonlar ularga nima qilganingizni ham unutishlari mumkin. Ammo insonlar ularga o‘zlarini qanday his qildirganingizni aslo unutmaydilar».

Turk tilidan Otabek Tillayev tarjimasi.

Jahongir Xakimovich
@yetakchi_uchun
2.9K viewsJahongir Xakimovich, edited  16:03
Ochish/sharhlash
2021-01-31 15:43:39 Birgalikda o'rganamiz!

Yoshlar yetakchilari uchun ochilgan guruhlar telegram ijtimoiy tarmog'ida juda ko'p. Ammo @yetakchi_uchun_guruhi yetakchilarni birlashtirgan eng katta guruh hisoblanadi. Hozirda 6800 dan ortiq yoshlar yetakchilari ushbu guruhda birlashgan. Guruh a'zolari doimiy bir-birlariga yordam berib kelmoqda.

Hurmatli hamkasblar qolgan yoshlar yetakchilarni ham ushbu guruhda birlashtiraylik.

@yetakchi_uchun_guruhi

@yetakchi_uchun
Jahongir Xakimovich
2.5K viewsJahongir Xakimovich, edited  12:43
Ochish/sharhlash
2021-01-31 14:18:56
#Motivator #saylov #Respublika_Forumi

Yoshlar yetakchilari uzoq kutgan jarayon!

Forum doirasida Respublika yetakchilar Kengashi raisi saylovi bo'lib o'tdi.

Saylovda har bir hududdan 1 nafardan nomzod faoliyati, yoshlar muammolariga qaratilgan taqdimotini namoyish etdi.

Ishtirokchilar oʼzlariga maʼqul bo'lgan nomzodga ovoz berishdi. Saylov jarayonlari ochiqlik va adolatlilik prinsiplariga asoslandi.

Yaqin orada Respublika yetakchilar Kengashi raisi maʼlum boʼladi. Bizni kuzatishda davom eting.

Kanalni kuzatish t.me/yoshlarittifoqi_uz
1.6K viewsJahongir Xakimovich, 11:18
Ochish/sharhlash
2021-01-31 09:36:53 #motivatsiya

Genri Ford:"Butun dunyo sizga qarshi chiqayotgandek bo‘lib tuyulsa, samolyot shamolga qarshi uchishini unutmang."

Jahongir Xakimovich
@yetakchi_uchun
2.7K viewsJahongir Xakimovich, edited  06:36
Ochish/sharhlash
2021-01-31 06:55:15 5 yildan keyingi hayotingizni 2 ta narsa hal qiladi: Atrofingizdagi odamlar va o'qiyotgan kitoblaringiz...

Jahongir Xakimovich
@yetakchi_uchun
3.0K viewsJahongir Xakimovich, edited  03:55
Ochish/sharhlash
2021-01-30 06:53:18
#Motivator #Tizer #2Kun #Buxoro #Respublika_forumi

Respublika forumi qizg’in tus oldi!

Tantanali ochilish marosimi
Rahbarlar va yoshlar yetakchilarining ochiq muloqoti
Yoshlar yetakchilari uchun uslubiy qo'llanmalar taqdimoti bo'lib o'tdi.

Shuningdek,

“Yoshlar yetakchilarida vaqtdan samarali foydalanishni shakllantirish texnologiyasi”,
“Yoshlar yetakchilarida nostandart, ijodiy, kreativ tafakkurni rivojlantirish yo‘llari”,
“Yoshlar yetakchilarida liderlik xislatlarini rivojlantirish texnologiyalari” mavzularida treninglar o’tkazildi.

Ishtirokchilarning Hazrati Bahouddin Naqshband muqaddas qadamjosiga ziyorati tashkil etildi.

Forum davom etadi. Biz — muzaffar kelajak sari birlashdik!

Kanalni kuzatish
t.me/yoshlarittifoqi_uz
1.9K viewsJahongir Xakimovich, 03:53
Ochish/sharhlash
2021-01-27 10:17:49 #Yoshlar_yetakchilari_ishonchli_kuch

O’zbekiston yoshlat ittifoqi tizimda “Umumiy o'rta ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari oyligi"ni e’lon qiladi!

Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari faoliyatini samarali tashkil etish, ularga amaliy va uslubiy ko‘mak berish maqsadida joriy yilning 28-yanvaridan 28-fevraliga qadar barcha hududlarda “Umumiy o'rta ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari oyligi" o‘tkaziladi!

Oylik doirasida:

Umumiy o'rta ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari uchun tayyorlangan o'q'uv-uslubiy qo'llanmalar taqdimoti;
“Sotsial lift” loyihasi;
“Tajribangni o‘rgat” loyihasi;
“Zakovat”, “Munozara” intellektual o‘yinlari;
mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan “Ochiq muloqot”lar;
turli xil mavzularda motivatsion o‘quv-seminarlar o‘tkaziladi.

Qadrli yoshlar yetakchilari! Oylik doirasidagi loyihalarda faol ishtirok eting. Unutmang, siz minglab oʼquvchilarning porloq kelajagi uchun daxldorsiz!

Jahongir Xakimovich
@yetakchi_uchun
4.9K viewsJahongir Xakimovich, 07:17
Ochish/sharhlash
2021-01-26 20:49:50
Mehr bizni birlashtiradi...
Нас объединяет милосердие...
Mercy unites us!

@kamalakbt_uz
2.7K viewsJahongir Xakimovich, 17:49
Ochish/sharhlash
2021-01-25 14:55:51 Og‘ir paytlar kuchli kishilarni, kuchli kishilar yengil paytlarni paydo qiladi.
Yengil damlar kuchsiz odamlarni, kuchsiz odamlar og‘ir paytlarni paydo qiladi.
Dunyo charxpalagi shunday.

Jahongir Xakimovich
@yetakchi_uchun
4.1K viewsJahongir Xakimovich, edited  11:55
Ochish/sharhlash