Get Mystery Box with random crypto!

Odamlar nimani hech qachon unutmaydi? Samolyotda oq tanli bir | Yetakchi uchun ko'mak!

Odamlar nimani hech qachon unutmaydi?

Samolyotda oq tanli bir ayol habash erkak bilan yonma-yon o‘tirib qoldi. Bu vaziyatdan u bezovtalandi, behuzur bo‘ldi. Ctyuardessani chaqirib, o‘ziga boshqa bir joy topib berishni so‘radi. Axir, u qora tanli odamning yonida o‘tira olmasdi-da.

Styuardessa xushmuomalalik bilan samolyotning barcha o‘rindiqlari band ekanini, har ehtimolga qarshi VIP bo‘limida biron bo‘sh joy bo‘lsa, qarab ko‘rishi va bu haqda xabar berishini aytdi.

Yo‘lovchilarning ayrimlari bu voqeani hayrat bilan, ayrimlari esa nafrat bilan kuzatib turishardi. Ularning nigohida shunday ifoda bor edi: «Bu ayol hurmatsizlik qilgani yetmaganday, endi VIP bo‘limida ketadimi?»

Tanasining rangi tufayli kamsitilgan haligi kishi esa indamay o‘tirardi.

Ayol o‘zining VIP bo‘limida ketayotganini tasavvur oynasida jonlantirgancha styuardessani sabrsizlik bilan kuta boshladi.

Bir necha daqiqadan keyin styuardessa qaytib keldi va shunday dedi:

— Kechikkanim uchun uzr so‘rayman. Nihoyat, VIP bo‘limidan bitta bo‘sh joy topdim. Ammo yo‘lovchilarning joyini o‘zgartirish masalasida uchuvchidan ruxsat olishim kerak edi. Uchuvchimiz «Muammo keltirib chiqaruvchi odamning yonida ketishga hech kim majbur emas», dedi va ruxsat berdi.

Bu gapni eshitgan yo‘lovchilar hayron bo‘lishdi. Bu orada oq tanli ayol mag‘rur ifoda bilan o‘rnidan turib, VIP bo‘limidagi yangi joyga o‘tishga hozirlana boshladi. Ayni shu onda styuardessa jimgina o‘tirgan qora tanli odamga yuzlanib:

— Janob, sizni samolyotning VIP bo‘limidagi joyga olib borishimga ruxsat bersangiz, marhamat, - dedi. – Kapitanimiz bunday noxush vaziyat yaratuvchi odamning yonidan o‘tirish majburiyatida qoldirgani uchun butun kompaniyamiz nomidan sizdan uzr so‘radi.

Barcha yo‘lovchilar nima bo‘lganini anglab yetgach, samolyot ekipajini birgalikda olqishlay boshlashdi…

O‘sha yil ayni shu voqea sabab kapitan va styuardessa yuksak mukofot bilan taqdirlandi. Quyidagi fikrlar esa kompaniya barcha ofislarining ko‘zga ko‘rinarli yeriga yozib qo‘yiladigan bo‘ldi:

«Insonlar ularga nima deganingizni unutishlari mumkin. Insonlar ularga nima qilganingizni ham unutishlari mumkin. Ammo insonlar ularga o‘zlarini qanday his qildirganingizni aslo unutmaydilar».

Turk tilidan Otabek Tillayev tarjimasi.

Jahongir Xakimovich
@yetakchi_uchun