Get Mystery Box with random crypto!

Yetakchi uchun ko'mak!

Telegram kanalining logotibi yetakchi_uchun — Yetakchi uchun ko'mak! Y
Telegram kanalining logotibi yetakchi_uchun — Yetakchi uchun ko'mak!
Kanal manzili: @yetakchi_uchun
Toifalar: Bloglar , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 791
Kanalning ta’rifi

Yoshlar yetakchilari uchun!
09.01.2018

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-09-24 22:22:30
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Yosh saylovchi – 2021” targ'ibot loyihasiga start beradi.
Loyiha doirasida “O'zkimyosanoat” AJ tizimida faoliyat olib borayotgan barcha yoshlar qamrab olinadi.
25-sentabr, soat 11:00da
D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filiali

————————————————————
Веб-сайт Telegram Facebook Instagram Youtube
8.8K viewsJahongir Xakimovich, 19:22
Ochish/sharhlash
2021-09-23 06:41:31 Yoshlar yetakchilari uchun!

Yoshlar yetakchilari uchun ochilgan guruhlar telegram ijtimoiy tarmog'ida juda ko'p. Ammo @yetakchi_uchun_guruhi yetakchilarni birlashtirgan eng katta guruh hisoblanadi. Hozirda 5800 dan ortiq yoshlar yetakchilari ushbu guruhda birlashgan. Guruhda yoshlar yetakchilari uchun barcha kerakli hujjatlar mavjud!

Hurmatli hamkasblar qolgan yoshlar yetakchilarni ham ushbu guruhda birlashtiraylik.

@yetakchi_uchun_guruhi

@yetakchi_uchun
Jahongir Xakimovich
7.5K viewsJahongir Xakimovich, 03:41
Ochish/sharhlash
2021-09-18 07:09:22 Bugun 18-sentabr kuni barcha maktablarda Sinf sardori saylovlari yakunlanishi lozim. Endi maktab sardorlar Kengashi a'zolarini sayloviga tayyorgarlik ko'rish kerak. Sinf hamda maktab sardorlari yoshlar yetakchisining "asosiy jamoasi" hisoblanadi. Shuni hisobga olib, ushbu tadbirlarni sifatli qilib o'tkazishni tavsiya qilman! Barchaga omad!


Jahongir Xakimovich
@yetakchi_uchun
9.0K viewsJahongir Xakimovich, 04:09
Ochish/sharhlash
2021-09-15 06:44:36

Bugun @yetakchi_uchun_guruhi ochilganiga ham ropa-rosa 3 yil bo'libdi. Barcha guruh a'zolarini ushbu yubiley bilan tabriklayman! Shu guruh orqali qanchadan qancha do'stlarga ega bo'ldim! Kuningiz xayrli bo'lsin!

Jahongir Xakimovich
@yetakchi_uchun
9.2K viewsJahongir Xakimovich, 03:44
Ochish/sharhlash
2021-09-14 10:33:05
Yoshsaylovchi.uz elektron platformasi ishga tushdi

Bu yil O‘zbekistonda muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bunda 7 449 686 nafar saylovchi yoshlar ishtirok etadilar. Shundan 837 952 nafari ilk marta saylovda ishtirok etadigan yoshlardir.

Yoshlarimizning siyosiy bilimi, huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida yoshsaylovchi.uz platformasi ishga tushirildi. Ushbu platforma orqali saylov jarayoni haqida zarur ma’lumotlarni olish, saylov uchastkasini aniqlash mumkin.

Eng muhimi, yoshlarimizning saylovda to'g'ridan to'g'ri jarayonni kuzatishlari, xorijiy ekspertlar va vakillar bilan birgalikda tajriba orttirishlariga juda yaxshi imkoniyat bor. Ayniqsa, bu xorijiy tillarni bilgan yoshlarimizga zo'r tajriba maydoni bo'ladi. Buning uchun saytdan ro'yxatdan o'tgan holda saylovda volontyor yoki trener sifatida ishtirok etish imkoni yaratilgan.

@alisher_sadullaev
6.3K viewsJahongir Xakimovich, 07:33
Ochish/sharhlash
2021-09-13 07:33:10 Bugun 13-sentabr kuni Respublikamizdagi barcha maktablarda "Sinf sardori" saylovlari boshlanadi. Sinf sardorini saylash 13-18-sentabr kunlari amalga oshirilishi kerak. Sinf sardori saylovini adolatli hamda shaffof o'tkazish har bir yoshlar yetakchisining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Barchaga omad tilab qilaman. Boshlangan kuningiz xayrli bo'lsin!


Jahongir Xakimovich
@yetakchi_uchun
6.5K viewsJahongir Xakimovich, 04:33
Ochish/sharhlash
2021-09-10 19:42:24 Boshlang‘ich tashkilotning Sardorlar Kengashi (ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi) faoliyati tartibi.

Jahongir Xakimovich
@yetakchi_uchun
15.0K viewsJahongir Xakimovich, 16:42
Ochish/sharhlash
2021-09-10 19:06:01 Video sifatini yo'qotmasdan, uning hajmini kamaytirish mumkin(mi?)

Agarda siz biror video hajmini kamaytirmoqchi boʻlsangiz-u, foydalanayotgan ilovalaringiz video sifatini juda yomon holatga olib kelayotgan boʻlsa, YouCompress sayti siz uchun. Sayt video hajmini 80%gacha kamaytirib, uning sifatini oʻz holicha ushlay oladi.

Buni quyidagi qadamlar bilan amalga oshiring:
1. youcompress.com saytiga kiring.
2. "Select File" tugmasini bosing va hajmini kichraytirmoqchi bo'lgan videoni yuklang.
3. "Upload File & Compress" tugmasini bosing va jarayon yakunini kuting.
4. Natijada chiqqan videoni saqlang.

Siz uchrashingiz mumkin boʻlgan yagona muammo – siz joylayotgan video hajmi 500 Mb'dan kichik boʻlishi kerak.

Jahongir Xakimovich
@yetakchi_uchun
8.4K viewsJahongir Xakimovich, 16:06
Ochish/sharhlash
2021-09-09 19:01:31 #savol
Sinf sardorligiga saylangan o‘quvchi bir vaqtning o‘zida ham maktab sardori bo‘la oladimi?

#javob
Ha! Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining Sardorlar Kengashi a’zoligiga saylangan sardorlar bir vaqtning o‘zida ham sinf va maktab sardori bo‘la oladi.

Jahongir Xakimovich
@yetakchi_uchun
7.1K viewsJahongir Xakimovich, 16:01
Ochish/sharhlash
2021-09-09 15:33:33
Diqqat, abituriyent-2021!

Hali talaba bo'lishga yana imkon bor!

O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Davlat test markazining test sinovlarida 114dan yuqori ball to'plagan abituriyentlarni qabul qiladi:
- matematika,
- ingliz va rus.

Yillik Kontrakt(shartnoma) qiymati 25 mln 564 ming so'm (ish beruvchi to'lashi mumkin).

Bank-moliya akademiyasi talabasi bo'lish uchun:
1. qabul.bfa.uz saytida ro'yxatdan o'ting;
2. Test natijalari sahifasining skrinshotini yuklash;
3. Potentsial ish beruvchilar bilan suhbatdan o'tish;
4. Bank-moliya tizimining etakchi universiteti talabasi bo'ling.

Bank-moliya akademiyasida o'qishning afzalliklari:
1. Innovatsion o'quv dasturi;
2. O'qituvchi-amaliyotchilar, biznes sohasidagi mutaxassislar;
3. Har oy bank rahbarlari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar;
4. Mamlakatdagi bank ishi bo'yicha yagona BBA diplomi;
5. bir vaqtning o'zida o'zbek, rus va ingliz tillarida o'qitish.

Kontaktlar:
t.me/bfauz Chatbot @BFA_uz_bot
71 237 5409 / 5316

Yoshlar yetakchisi || Uz
5.2K viewsJahongir Xakimovich, 12:33
Ochish/sharhlash