Get Mystery Box with random crypto!

Video sifatini yo'qotmasdan, uning hajmini kamaytirish mumkin( | Yetakchi uchun ko'mak!

Video sifatini yo'qotmasdan, uning hajmini kamaytirish mumkin(mi?)

Agarda siz biror video hajmini kamaytirmoqchi boʻlsangiz-u, foydalanayotgan ilovalaringiz video sifatini juda yomon holatga olib kelayotgan boʻlsa, YouCompress sayti siz uchun. Sayt video hajmini 80%gacha kamaytirib, uning sifatini oʻz holicha ushlay oladi.

Buni quyidagi qadamlar bilan amalga oshiring:
1. youcompress.com saytiga kiring.
2. "Select File" tugmasini bosing va hajmini kichraytirmoqchi bo'lgan videoni yuklang.
3. "Upload File & Compress" tugmasini bosing va jarayon yakunini kuting.
4. Natijada chiqqan videoni saqlang.

Siz uchrashingiz mumkin boʻlgan yagona muammo – siz joylayotgan video hajmi 500 Mb'dan kichik boʻlishi kerak.

Jahongir Xakimovich
@yetakchi_uchun