Get Mystery Box with random crypto!

Yer va uy-joy huquq

Telegram kanalining logotibi yeruyjoyhuquqi — Yer va uy-joy huquq Y
Telegram kanalining logotibi yeruyjoyhuquqi — Yer va uy-joy huquq
Kanal manzili: @yeruyjoyhuquqi
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21
Kanalning ta’rifi

Bu kanal orqali yer va uy-joy masalalariga yechimlar va qonundagi o'zgarishlar va yangiliklar berib boriladi.Shuningdek siz o'z savollaringizga javob olish imkonyatiga ega bo'lasiz.
Murojaat uchun: @Jahongir_Dadajonov
@savoltaklifuchun_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-06 14:53:26 Bino, vaqtinchalik imorat, yordamchi xo’jalik imoratlari va inshootlari bir xil tushinchami yoki ular bir-birdan farq qiladimi? Siz qanday fikrdasiz?

Agar bilmasangiz birgalikda bilib olamiz.

Bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimidir.

Vaqtinchalik imorat — qurilish davrida vaqtinchalik foydalanish uchun bunyod etilgan va loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan imoratlardir.

Yordamchi-xo‘jalik imoratlari — ishlab chiqarish binolari va inshootlariga nisbatan qo‘shimcha imoratlar (omborxonalar, bostirmalar, yo‘laklar va shu kabilar), uy hayvonlari va parrandalarini boqish uchun mo‘ljallangan imoratlar, omborxona, garajlar, yozgi oshxonalar, tandirxonalar, yerto‘lalar, hammomlar, hovlidagi hojatxonalar, dushxonalar, issiqxonalar, hovuzlar, saunalar, qozonxonalar va odamlarning vaqtincha turishi bilan bog‘liq turli ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan boshqa funksional imoratlardir.

Inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat, yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida hajmli, yassi yoki chiziq tarzida joylashgan qurilish tizimi.

Kanalga ulanish
https://t.me/yeruyjoyhuquq
54 viewsJahongir Dadajonov, 11:53
Ochish/sharhlash
2022-07-06 10:32:25 Jismoniy shaxslar yer uchastkalariga qanday tartibda egalik qilishlarini bilasizmi?

Agar bilmasangiz birgalikda bilib olamiz.


2021-yil 1-avgustgacha fuqarolar ya’ni jismoniy shaxslar yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin bo’lgan.
2021-yil 1-avgustdan so’ng, Yer kodeksining 17-moddasiga o’zgartirish kiritilgan bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga egalik qilish huquqlarida o’zgarishlar bo’lgan. Unga ko’ra, fuqarolar ya’ni jismoniy shaxslar mulk huquqi va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga egalik qilishlari belgilangan. Yer kodeksining
17-moddasiga o’zgartirish kiritilishi natijasida fuqorolarning yerga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari bekor bo’lgan. Lekin jismoniy shaxslar 2021 yil 1-avgustga qadar meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari asosida yer uchastkalarini olgan bo’lsalar bu huquq ularda saqlanib qoladi. Demak, 2021-yil 1-avgustdan so’ng, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari asosida yer berish bekor bo’lgan. Endi jismoniy shaxlarning yer uchastkalariga egalik qilishi mulk huquqi va ijara huquqi asosida vujudga keladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/yeruyjoyhuquqi
51 viewsJahongir Dadajonov, edited  07:32
Ochish/sharhlash
2022-07-06 08:10:33 Ko’pchilk tomonidan so’raladigan savol yer uchastkasi o’zi nima?

Yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismidir. Ya’ni sizning uy-joyingiz joylashgan hamda tomorqa uchun ajratilgan yerni yer uchastkasi deb aytish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, Hokimning qarori (hozirgi vaqtda hokimlar yer ajratib berish vakolatiga ega emas. Lekin 2021-yil 1-avgustga qadar yer ajratishga vakolatli bo'lgan) bilan jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarga yer ajatilsin degan qarori asosida kadastr hodimlari hokimning qarorida ko’rsatilgan manzildagi yerga borib, o’sha yerni aniq maydonini o’lchagan holda jismoniy yoki yuridik shaxslarga berilgan yer yer uchastkasi hisoblanadi.

https://t.me/yeruyjoyhuquqi
44 viewsJahongir Dadajonov, 05:10
Ochish/sharhlash
2022-07-02 21:08:44 #Bilasizmi
O'zbekistonda yer fondi toifalari necha turga bo'linadi

Qishloq xo'jalikligiga mo'ljallangan yerlar;
Ahojli punktlari yerlari;
Sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa maqsadlar uchun mo'ljallangan yerlar;
Tabiatni muhofaza qilish bilan bo'g'liq yerlar;
Tarixiy madaniy ahamiyatga molik yerlar;
O'rmon fondi yerlari;
Suv fondi yerlari;
Zaxira yerlar;

Nima uchun yer turli xil toifalarga bo'lingan. Buni sababi oddiy yerni osonroq boshqarish, zamonaviy texnoliyalarni qaysidir toifaga ko'proq jalb qilish va yerdan oqilona foydalanish uchun yer fondi toifalari shakillantirilgan.
Unutmang!!!
Biz uchun eng muhim bo'lgan yer fondi toifasi qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardir.
44 viewsJahongir Dadajonov, edited  18:08
Ochish/sharhlash
2022-07-01 21:30:08 #savolimbor
Menga otamdan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yer uchastkasi meros qoldi. Yer uchastkasida uy-joy yoki yordamchi inshoot ham mavjud emas. Men uni sotmoqchiman. Yer uchastkasni sotishim mumkinmi?

Yo'q sota olmaysiz!!!

Yer kodeksining 16-moddasida Yer umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanilishi lozim va u davlat tomonidan muhofaza etilishi belgilangan. Demak, siz to'g'ridan-to'g'ri yer uchastkasini sota olmaysiz. Chunki yer umummilliy boylik ekanligi Yer kodeksida belgilab qo'yilmoqda. Endi nima qilaman yer uchastkasini sotish mumkin bo'lmasa, qolgan odamlar qanday qilib uy-joy sotib olishmoqda?
Yer kodeksining 22-moddasining 2-qismiga ko'ra, uy-joyga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi ushbu obyektlarga bo‘lgan mulk huquqi bilan birgalikda boshqa shaxslarga o‘tayotganda uy-joy, ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan barcha yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham o‘tishi belgilangan. Bu holatda ya'ni siz yer uchastkangizda uy-joy, ko'p yillik dov-daraxtlar mavjud bo'lsa siz ularni bemalol boshqa shaxsga sotishingiz mumkin. Shu uy-joy va ko'p yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi ham boshqa shaxsga o'tib ketadi. Ya'ni siz yer uchastkasini sotmaysiz faqat uni ustida joylashgan uy-joy yoki dov-daraxtlarni sotgan bo'lasiz, yer uchastkasi esa ya'ni egasiga siz yer uchastkasiga qanday egalik qilgan bo'lsangiz shunday tartibda o'tadi.
Sizning savolingizga keladigan bo'lsak, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yer uchastkasigizni ustiga uy-joy yoki noturar joy obyektini qursangizgina sotishingiz mumkin bo'ladi. Aks holda, notarius tomonidan hech narsa mavjud bo'lmagan yer uchastkasini boshqa shaxsning nomiga o'tkazib berishni rad etadi.
Kanalga ulanish
https://t.me/yeruyjoyhuquqi
44 viewsJahongir Dadajonov, edited  18:30
Ochish/sharhlash
2022-07-01 20:46:00 #bilasizmi

Bugungi eng muhim yangiliklardan biri bu Konstitutsiyamizga bir qator yangiliklar va o’zgartirishlar kiritilish bosqichida. Ho’sh, yer bilan bog’liq qanday o’zgartirishlar va yangiliklar mavjud. Hozirgi konstitutsiyamizning 55-moddasida Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Bundan tushinish mumkinki, barcha yerlar ya’ni o’zimizning turar-joylarimiz joylashgan yerlar ham, ekin ekadigan dehqon xo’jalik yoki tomorqa yerlari ham davlatga qarashlidir. Biz bu yerlardan ijara asosida yoki doimiy foydalanish asosida foydalanib kelamiz.
Konstitutsiya kiritilayotgan o’zgarishga ko’ra, yer ham xususiy mulk bo’lishi mumkinligi nazarda tutilmoqda. Bu nima degani? Endi qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yerlarni xususiy mulk qilish ya’ni yer uchastkasini to’g’ridan-to’g’ri sotish mumkin bo’ladi. Bu esa fuqarolarga bir qator imkonyatlarni yaratadi. Har bir fuqaro yer uchastkasini sotib olish va erkin tassaruv qilish imkonyatini beradi. Lekin buning salbiy tomoni ham yo’q emas. Yerlarning xususiy mulk bo’lishi insonlar o’rtasida ijtimoiy tengsizlikni vujudga keltirishi mumkin.
Bu albatta IMHO
Kanalga ulanish
https://t.me/yeruyjoyhuquqi
45 viewsJahongir Dadajonov, 17:46
Ochish/sharhlash
2022-07-01 20:02:27 Bismillahir rohmanir rohim!
41 viewsJahongir Dadajonov, 17:02
Ochish/sharhlash
2022-07-01 20:01:28 Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz a'zolari nasib bo'lsa, endi doimiy ravishda yer va uy-joy masalalariga doir qiziq ma'lumotlarni hamda o'z qarashlarimini berib borishga harakat qilaman.
42 viewsJahongir Dadajonov, 17:01
Ochish/sharhlash
2022-01-20 13:15:22 #Bilasizmi
2021-yil 23-noyabrdagi Prezidentning 20-sonli qaroriga ko'ra, 2022-2025-yillar ichida 200 ming gektar yerni dehqon xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun o'n yilga ijara asosida fuqorolarga 10 sotixdan 1 gektargacha ajratiladi. Yer berish elektron tanlov orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/yeruyjoyhuquqi
56 viewsJahongir Dadajonov, edited  10:15
Ochish/sharhlash