Get Mystery Box with random crypto!

Insonlar Inson inson erur, odam — Odamiy, Ne bordir insondan | Yangi jadidlar

Insonlar

Inson inson erur, odam — Odamiy,
Ne bordir insondan ulugʻroq balki
Pul, mansab, obruyu, kuchilik hissi.
Nahot insolarni qurbon qilsa shu

Barpo etdik turli qasru, minora,
Osmon oʻpdi inson qurgan binolar.
Devor qurdik teng ellarni ajratgani,
Qafas bunyod bulbullarni sayratgani.

Yaratdik bot, inson ishin oldi u,
Ishsizliklar bunyod, nochor qoldi U
Inson qadri qogʻoz pulda oʻlchandi.
Hayotimiz gʻurbatlarga burkandi.

Insonmiz zoʻrni zoʻr, borni bor ayladik,
Zamonni zoʻr, holimni koʻr ayladik,
Bosh boʻlmoqqa nodonlarni sayladik,
Ilm zoʻrin, davra toʻrin oʻyladik.

"Urush, urush noming oʻchsin jahonda",
Kimni yetim, kimni gʻarib etding sen
"Urush, urush", deguvchilar manfaat deb
Xalqini xor etganini koʻrdim men.

Shodon yashar, oʻynar baxt deb insonlar,
Shu tinchlikni qadrlamas nodonlar.
Zamon zoʻri, davra toʻri ertasi xor,
Urush boshlovchilar erur badkirdor.

Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarimiz!
Telegram | Instagram | Youtube