Get Mystery Box with random crypto!

Ovro'pada nima gap? Ayni daqiqalarda barchaning diqqat e'tibo | Yangi jadidlar

Ovro'pada nima gap?

Ayni daqiqalarda barchaning diqqat e'tibori ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarga qaratilgan. Butun dunyo taraqqiy etish, ilm fanda bir biriga sog'lom raqobat o'rnatish va jahon sahnida o'z o'rniga ega bo'lish uchun harakat qilayotgan, Afriqoyu sahrolarda ochlik bilan yuzlashib, kunlik oziq-ovqatni minimal darajada iste'mol qilish uyoqda tursin, qorni to'la to'ymayotgan, bolalarning o'lim soni, sifatli ta'lim olish orzusi bilan yashayotgan, o'lim va tiriklik o'rtasida kurash jarayoni yuz berayotgan bir paytda Ovro'pada notinchlik nafasi sezilmoqda. "Qorni och bilan qorni to'qning ishi yo'q" degani shu bo'lsa kerak.

O'rusiya og'asi g'arbdan xafa bo'lganmi yoki zerikkanmi? Ularga qarata urush ochish payida. Mamlakatda qisman safarbarlik e'lon qilingan. Bir narsaga diqqat qiling: hukumat vakillari Markaziy Osiyodan ko'chib borgan va fuqarolik qabul qilgan, mamlakatda kamida 10 yil yashagan shaxslarni ham urushga safarbar etishni reja qilmoqda. Bu boshqa mintaqa emas, aynan postsovet osiyoliklarga qaratilgan chaqiriqdir. Biznikilar esa bunga hechqanday rasmiy ham norasmiy ham munosabat bildirilmadi. Bechoralar yurtga qaytay desa allaqachon fuqarolikdan chiqib ketishgan... Nima?

Bundan qanday xulosa olish mumkin? O'z qo'lidan boy berilgan "qirollar" evaziga imoratni qayta tiklamoqchi. Putinni najot farishtasi deb biladigan va u yurtni boshpana sifatida qadrlaydiganlarni mana shunday achinarli qismat kutmoqda. Haliyam ko'zni ochish vaqti bor. Komunistparastlar sizga nimadir g'alati tuyulmayaptimi? Chunki siz va siz kabi fikrlaydiganlar o'z qarashlarining qurboni bo'lishadi. Ahli nodonlarga aql, aql sohiblariga esa insof soʻrab qolamiz!

Javohir Baxtiyorov

Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarimiz!
Telegram | Instagram | Youtube