Get Mystery Box with random crypto!

Neojadidlar kimu, yangi jadidlar kim? Biz oʻtgan yili faol ku | Yangi jadidlar

Neojadidlar kimu, yangi jadidlar kim?

Biz oʻtgan yili faol kursdoshlarimiz bilan yigʻilishib, turli tarixiy kitoblar, geosiyosat, jamiyatdagi muammolar haqida fikr almashib turar edik. Bir yigʻinda XX asr boshlari haqida gap ketganda turli millat muammolarini hal qilish yoʻlida oʻz jonini fido etgan jadidlar haqida fikr almashayotganimizda bizda XXI asrda mamlakatimizda, umuman mintaqamizda yuzaga kelgan, kelayotgan muammolarni hal qilish yoʻlida harakat tashkil etish gʻoyasi tugʻiladi. Bu harakatni YANGI JADIDCHILIK deb nomladik. Ammo boshlagan oʻz fikrimizcha yuksak ishimiz turli bizga bogʻliq boʻlmagan sabablar tufayli maʼlum qolibda cheklanib qoldi, bora-bora toʻxtab ham qoldi.

Shunda neojadidlar (bizning gʻoyamizning sal oʻzgartirilgan shakli) atamasi turli ijtimoiy tarmoqlarda faol mushohada etildi, turli faoliyatlar tashkil etildi. Bu, albatta, yaxshi. Chunki jamiyat muammolari yoʻlida bir harakatgina emas, balki jamiki ahl birlashib harakat qilmogʻi, oʻzgarishlarni avvalo oʻzidan boshlamogʻi lozim ham shart.

Demak, xulosa qilsak, yuqoridagi tushunchalar ayni bir maʼnoni anglatadi.

Biz jadidlikni daʼvo qilmaymiz, ammo bu yoʻlda harakatdan ham toʻxtamaymiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarimiz!
Telegram | Instagram | Youtube