Get Mystery Box with random crypto!

Nega yangi jadidlar faoliyati maʼlum vaqt toʻxtab qoldi? Hama | Yangi jadidlar

Nega yangi jadidlar faoliyati maʼlum vaqt toʻxtab qoldi?

Hamamizga maʼlumki, XIX-XX asr jadidlari ilmu fozilda tengi yoʻq, zamona bilimidan xabardor, oʻtmish yodini chuqur bilgan hamda chet mamlakatlar madaniyati, tarixi, geografiyasi va siyosatiga qiziqishgan. Bir qancha tillarda gaplasha olishgan. Taʼlim uchun zamon ilmi mavjud mamalakatlarga safar qilishgan.

Yangi jadidlar yurt rivoji yoʻlida bobolari qilgan ishlarni davom ettira oladimi, — degan savol bizni oʻz ustimizda ishlashga, zamonaviy fikrlash uchun tinimsiz izlanishga, chet tillarini mukammal oʻrganishga, turli asarlar yoza olish uchun hamda buyuk asarlarni tarjima qila olish uchun salohiyatimizni oshirishga undadi.

Biz shu vaqt ichida oʻz dasturimizni ishlab chiqdik. Mavjud muammolarni qanday hal qilish mumkinligi toʻgʻrisida tun ham, kun ham fikr yuritdik, maslahatlashdik.

Alloh nasib qilgan boʻlsa, maqsadlar ijobat boʻladi!!!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
Telegram | Instagram | Youtube