Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy X
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Kanal manzili: @xushnudbekuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.58K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Asosiy kanal — @xushnudbek.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2024-03-17 20:02:44 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Jeyms Joys. Evelin (hikoya)

Izoh
: hikoya qahramoni — oilasidagi nobop muhitdan zada bo‘lgan 19 yashar qiz. U sevgan yigiti bilan baxtli bo‘lish orzusida uyini tashlab ketishga ahd qilgan, biroq baxtli bolaligi o‘tgan qadrdon uyi, hali o‘zini eplolmaydigan, uning parvarishiga muhtoj ukalarini ko‘zi qiymayotgandi. Chunki o‘lim ostonasidagi onasi unga ro‘zg‘orga ko‘z-quloq bo‘lishni vasiyat qilgandi-da. Xo‘sh, Evelin qanday yo‘l tutarkin? Atigi 12 daqiqa vaqt ajratib, o’qib/tinglab bilib oling.

Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Jeyms-Joys-Evelin-hikoya

Audio hikoyani eshitish uchun:



Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbekuz
17.3K viewsedited  17:02
Ochish/sharhlash
2024-03-14 21:18:23 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 yarim daqiqa vaqtingiz ketadi)

Haynrix Byoll. Mening g‘amgin yuzim (hikoya)

Izoh
: Sizga taqdim qilinayotgan ushbu hikoya inson huquqlari toptalgan, odamlar faoliyatidan tortib, hissiyotlarigacha nazoratga olingan hukumron tuzum haqida. Hikoya qahramoni avval 5 yilga, soʻngra 10 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Nima sababdan bunday bo‘lganini atigi 15 daqiqa vaqt ajratib, o’qib/tinglab bilib oling.

Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Haynrix-Byoll-Mening-gamgin-yuzim

Audio hikoyani eshitish uchun:



Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbek
23.6K views18:18
Ochish/sharhlash
2024-03-13 12:13:46 Mana bu videoni tomosha qilishning ayni payti:





“Tashabbusli byudjet” nima ekanligini mohiyatan tushunish uchun oldin bu videoni ko’rish zarar qilmaydi.


@xushnudbekuz
18.4K views09:13
Ochish/sharhlash
2024-03-13 10:00:59 openbudget.uz saytida texnik nosozlik kuzatilayotgani, sayt ochilmayotgani haqida murojaatlar ko’paydi. Ushbu masalada tegishli mas’ullar bilan bog‘landim. Ayni daqiqalarda mutaxassislar muammoni bartaraf etish bo‘yicha ish olib borishayotganini ma’lum qilishdi.…
53.0K views07:00
Ochish/sharhlash
2024-03-11 16:40:14 Birinchi iftor qalay o’tyapti? Sizlar ham hech narsa yeya olmayapsizlarmi?
15.7K views13:40
Ochish/sharhlash
2024-03-10 21:13:34 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 13 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Oskar Uayld. Xudbin Pahlavon (rivoyat)

Izoh
: Ingliz rivoyatlarida bahaybat Pahlavon obrazi ko‘p uchraydi. Oskar Uayldning ushbu hikoyasi uchun ham shu obraz bosh qahramon sifatida tanlangan. U bog‘idan bolalarni quvib solgani uchun qattiq pushaymon chekadi. Nega deysizmi? Buni atigi 13 daqiqa vaqt ajratib, bilib olishingiz mumkin.

Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Oskar-Uayld-Xudbin-Pahlavon-rivoyat

Audio hikoyani eshitish uchun:



Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbekuz
17.6K views18:13
Ochish/sharhlash
2024-03-10 10:41:31 "LOLAZOR" TANAFFUSGA CHIQDI. 1-MAVSUM TUGADI

Hurmatli do‘stlar. "Lolazor" podkastining 1-mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. Biz Ramazon oyi davomida kichik tanaffusga chiqdik. Bizni unutib qo‘ymaysizlar, degan umiddamiz.

Tez orada qaytamiz. Bizni qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun katta rahmat.






@xushnudbekuz
18.9K views07:41
Ochish/sharhlash
2024-03-09 13:12:15
Mana bu videodagi kabi oxirigacha intrigani saqlab turgan birorta kino ko’rmadim yaqin o’rtada :)


@xushnudbekuz
20.3K views10:12
Ochish/sharhlash
2024-03-08 11:45:25
Bayramingiz muborak! Baxtimizga doim omon bo’ling.


@xushnudbekuz
16.3K views08:45
Ochish/sharhlash
2024-03-07 20:42:13 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 5 yarim daqiqa vaqtingiz ketadi)

Anvar Obidjon. “Maqolasiz sarlavha” (hajviya)

Izoh
: Maqola qahramoni: maktab o‘quvchisi. U o‘qish bilan bir qatorda maktab devoriy gazetasi muharriri ham. Uning navbatdagi maqolasi maktabda o‘tkazilgan reyd haqida edi, buning uchun ajoyib sarlavha ham topib qo‘yadi. Maqolani yozishga yozib tugatadiyu, ammo tanqidga uchragan hali u, hali bu sinf rahbarlari iltimosiga yo‘q deya olmagani bois oxirida maqoladan faqat sarlavhagina qoladi. Atigi 5 yarim vaqt ajratib, ushbu ajoyib hajviyadan bahramand bo‘ling.

Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Anvar-Obidjon-Maqolasiz-sarlavha-hajviya

Audio hikoyani eshitish uchun:



Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbekuz
17.0K views17:42
Ochish/sharhlash