Get Mystery Box with random crypto!

Yutmoq yo qolmoq, shudir masala Bugun soat 20:30 da U23 Osiyo | Xushnudbek.uz

Yutmoq yo qolmoq, shudir masala

Bugun soat 20:30 da U23 Osiyo kubogi guruh bosqichi doirasidagi 3-turda O’zbekiston va Vyetnam o’yini boshlanadi.

Terma jamoamiz oldida kutilmagan dilemma chiqib qoldi: guruhda nechanchi o’rinni olish kerak?

Chunki narigi guruhda Saudiya Arabistoni oxirgi o’yinda yutqazib, guruhda 2-o’rinni egalladi. Agar biz bugun yutsak yoki durang o’ynasak, unda chorak finalda Saudiya bilan o’ynaymiz. Saudlar turnirning amaldagi chempioni hisoblanadi. Eslasangiz, ular 2 yil oldingi finalda “Bunyodkor” stadionida yigitlarimizni 2:0 hisobida mag’lub etgan edi.

Agar bugun yutqazsak, unda guruhda 2-o’rinni olamiz va chorak finalda Iroq bilan o’ynaymiz.

Nima qilmoq kerak? Murabbiylar bu haqda bosh qotirayotgan bo’lsa kerak.

Menimcha, bugun boshni baland ko’tarib, mardlarcha yutuq uchun o’ynayverish kerak. Saudiyani ham yuta olamiz, 2 yilda jamoamiz ancha kuchaydi, ko’z tegmasin.


@xushnudbek