Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga — “Avtomobilsiz kun” Hukumat topshirig’iga binoan, har | Xushnudbek.uz

Ertaga — “Avtomobilsiz kun”

Hukumat topshirig’iga binoan, har oyning to’rtinchi chorshanba kuni “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o’tkaziladi.

Ertaga, 24-aprel kuni oyning to’rtinchi chorshanbasi hisoblanadi.

Bosh vazir imzolagan hujjatga ko’ra, “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas’ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko’rsatib borishi belgilangan.

Ko’ramiz, ertaga vaziyat qanday bo’lar ekan. Barchasi o’tgan safar bir martalik piarmidi yoki doimiy amal qila olamizmi…


@xushnudbek