Get Mystery Box with random crypto!

Futzal bo'yicha Osiyo kubogining chorak finalchilari ma'lum bo | Xushnudbek.uz

Futzal bo'yicha Osiyo kubogining chorak finalchilari ma'lum bo'ldi. Qo'shnilarimizning barchasi guruhdan chiqdi.

Jumladan, "C" guruhidan joy olgan Tojikiston va Qirg'iziston amaldagi chempion Yaponiya hamda Janubiy Koreyani guruhda qoldirib ketishdi. Dahshat!

Shuningdek, Afg'oniston ham chorak finalga chiqdi. Yevropada o'ynaydigan qo'shnimiz Qozog'iston esa allaqachon Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan.

O'zimizga ham, qo'shnilarimizga ham omad tilaymiz. Markaziy Osiyoda futzal bo'yicha o'ta kuchli raqobat paydo bo'lgani juda quvonarli va barcha jamoalar uchun foydali.


@xushnudbek