Get Mystery Box with random crypto!

17 yoshli grossmeyster Gukesh Dommaraju nomzodlar turnirida g‘ | Xushnudbek.uz

17 yoshli grossmeyster Gukesh Dommaraju nomzodlar turnirida g‘olib bo‘ldi

Kanadaning Toronto shahrida bo‘lib o‘tgan FIDE Nomzodlar turnirida 14 ta turdan so‘ng hindistonlik Gukesh Dommaraju 9 ochko bilan g‘olib bo‘ldi. U endi shaxmat toji uchun amaldagi jahon chempioni xitoylik Din Lijen bilan o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash joiz, Gukesh nomzodlar turnirida g‘alaba qozongan tarixdagi eng yosh shaxmatchi bo‘ldi. Bu haqiqiy sensatsiya bo‘ldi!

Hikaru Nakamura, Yan Nepomnyashiy va Fabiano Karuana 8,5 ochko bilan keyingi o‘rinlarni egalladi.

Eng qizig’i oxirgi turda Gukesh va Nakamura o’ynadi, agar Naka yutganda, u chempion bo’lardi. Lekin yuta olmadi, durang bo’ldi. Shuningdek, oxirgi turda Nepomnyashiy va Karuana ham o’zaro o’ynadi. Agar ulardan birontasi yutganda, Gukesh bilan tay-brekda kuch sinashar edi. Durang esa ikkalasi uchun ham befoyda edi. Karuana g’alabaga juda yaqin keldi, lekin 2 marta imkoniyatni qo’ldan chiqardi. Natijada durang bo’ldi va ikkalasi ham chempionlikni Gukeshga topshirdi.

Ayollar o‘rtasidagi turnirda esa xitoylik Tan Chjunyi 9 ochko bilan g‘olib bo‘ldi. U endi amaldagi jahon chempioni Szyuy Venszyun bilan o‘ynaydi.


@xushnudbek