Get Mystery Box with random crypto!

Ideallikka intilma, tayyor bo’lishdan avval boshla Sen ham bi | Xurshid Zaripov | Blog

Ideallikka intilma, tayyor bo’lishdan avval boshla

Sen ham bir nimalarni boshlamoqchi bo’lib yurasanmi doim? Masalan keyingi dushanbadan albatta shu ish(kursga yozilish, trenirovka, til o’rganish, biznes boshlash, ishga kirish)ni boshlayman deb va’da berasanmi o’zingga o’zing? Lekin negadur o’zingni doim tayyor emasdek his qilasan, shundaymi?

Bir sirni ochib qo’yay, buni hamma his qiladi! Eng professional boshlovchi, sotuvchi, tadbirkor, dasturchi ham ba’zida biror ishni boshlashdan oldin o’zini tayyor emasdek his qiladi.

Mana o’zimam bitta postni yozishdan avval ba’zida 1-2 soatlab o’ylab qolaman. Sen tayyor bo’lishiningni kutar ekansan, hech qachon boshlay olmaysan! Xo’sh unda nima qilish kerak? Tayyor bo’lmasdan turib boshlayverish kerak.

Xullas. Tayyor bo’lishingni kutma. Hali beri bo’lmaysan. Kichik qadamlar bilan boshlayver jarayon o’zi o’rgatib yuboradi.

-2 oy dasturchilikni o’rgandingmi - ishga kirishga xarakat qilib ko’r.
-zo’r imkoniyat yoki taklif kelib qoldimi – qabul qil, yo’l yo’lakay tayyorlanaverasan.
-ko’pchilik oldida gapirish kerakmi – chiqib gapiraver, hayajon hammada bo’ladi!
-til kurslariga boryapsanmi – 1-haftadan keyin gapirishni boshlayver, xatolaring odamlarga qiziq emas.

@xurshid_zaripov