Get Mystery Box with random crypto!

Ko’p narsaga ulgurishning siri Shaxsiy blogimni ochishga ochd | Xurshid Zaripov | Blog

Ko’p narsaga ulgurishning siri

Shaxsiy blogimni ochishga ochdimu lekin 1 yildan beri post yozolmay qoldim. Sababini o’yladim. Topgandek bo'ldim va natijada juda zo’r narsani tushunib yetdim.

Biror ishni qilishda ishni o’zini qilish emas, boshlab olish qiyin ekan. Boshlab olsang davom ettirging keladi o’zi. Davom ettirsang tugatging.

Boshlashdan avval ideal qilishni o’ylasang boshlay olmay qiynalib ketasan. Vaqt ko’p ketishini hisoblab ortga suraverasan. Prokrastinatsiya (doimiy tarzda ishni ortga surish) boshlanadi.

Qila olmaganingdan afsuslanasan. Xafa bo’lasan. Xafalikni bekorchilik bilan ketkazishga urinasan. Ish boshlanmay qolaveradi.

Aytgancha. Sarlavhadagi mavzuga qaytamiz. Ko’p narsaga ulgurishning siri —boshlashni oson qilib qo’yish va darrov ideallikka intilmaslik

P. S. Yaqinim qaytdim, sen va oʻzim uchun blogni rivojlantirib boraman

@xurshid_zaripov