Get Mystery Box with random crypto!

'Ochisleniya' bo'lgan talabalar haqida! SAVOL: 'Сздан узур йа | BEST GONSULTING Xorijda ta'lim ПЕРЕВОД Qozog'istonda, Qirg'izistonda, talim, perevod qilish

"Ochisleniya" bo'lgan talabalar haqida!

SAVOL: "Сздан узур йана безота килдим Сздан соромокчиман биза очисление болдик 2 курсдн семестр тугашига сздан соромокчидим транскрипт осаг отадими йоми шуни билиб этиб берин илтемос".

JAVOB: Ayni vaqtda xorijda o'qiyotgan talabalarning katta qismi o'z vaqtida kontrakt to'lamaganligi yoki boshqa sabablarga ko'ra o'qishdan chetlatilgan. Mana shu talabalar ham o'qishini ko'chirishi mumkinmi degan savol ko'pchilikni qiynayotgan ekan.

Bu talabalar ham o'qishini ko'chirish mumkin. Buning uchun u o'qigan davri ko'rsatilgan transkripti (yoki akademik ma'lumotnoma) hamda talabalar safidan chetlatilganligi to'g'risida buyruqdan nusxa yuklashi shart ariza qabul qiluvchi platformaga.

Aslida bu yerda o'qishdan chetlatilganligi haqida buyruq pdf shaklini yuklash ham shart emas. Bu jarayon o'qishni ko'chirishga sabab keltirish bilan bog'liq masala. Qabul jarayonlari boshlangach, aynan mana shu toifa talabalariga ariza yozishda yordam beramiz.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkin-ki, yuqoridagi toifaga kiruvchi talabalar ham bemalol yurtimiz oliygohlariga o'qishlarini ko'chirishlari mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
https://t.me/xorijda_talim_perevod