Get Mystery Box with random crypto!

#Ichki_perevod Bir OTM ichida ta'lim yo'nalishini o'zgartiris | BEST GONSULTING Xorijda ta'lim ПЕРЕВОД Qozog'istonda, Qirg'izistonda, talim, perevod qilish

#Ichki_perevod

Bir OTM ichida ta'lim yo'nalishini o'zgartirish haqida!

O'zbekiston hududida o'qishni ko'chirish masalasi bo'yicha bir qator o'zgarishlar bo'lib o'tdi va ko'pchilikni "Bir oliygoh ichida "perevod" masalasi nima bo'ladi?" degan savol qiynay boshladi va biz ushbu savolga oydinlik kiritdik.

Bir oliygoh doirasida o'qishni ko'chirish masalasiga o'zgartirish kiritilgani yo'q, demak quyidagilar mumkin:

Ta'lim shaklini o'zgatirish;
Ta'lim yo'nalishini mos va turdosh yo'nalishga o'zgartirish;
Ta'lim yo'nalishini noturdosh yo'nalishga o'zgartirish (super-kontrakt to'lanadi);
Ta'lim tilini o'zgartirish; (Rus guruhdan o'zbek guruhga yoki aksincha kabi)
O'zi o'qiyotgan yo'nalishning boshqa guruhiga (agar mavjud bo'lsa) o'tishi;
O'qishni mos va turdosh yo'nalishlarga tiklash mumkin.

Yuqoridagi barcha harakatlar qabul jarayonlari boshlangan kundan e'tiboran transfer.edu.uz sayti orqali ariza yozish bilan amalga oshiriladi. Hech qanday imtihonsiz oliygohning o'zi yakuniy xulosaga keladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
https://t.me/xorijda_talim_perevod