Get Mystery Box with random crypto!

#Bilib_oling 'Voynikomat'dagilar talabalarni bir oylik xarb | BEST GONSULTING Xorijda ta'lim ПЕРЕВОД Qozog'istonda, Qirg'izistonda, talim, perevod qilish

#Bilib_oling

"Voynikomat"dagilar talabalarni bir oylik xarbiy xizmatga borishga majburlashi – JINOYATDIR!

"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"gi qonunning 21-moddasiga binoan:

Umumta’lim maktablarida, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan chaqiriluvchilar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda tahsil olayotgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishi mumkin. Bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgustda jalb etiladi. (Lekin ularni majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi)

Agarda mudofaa ishlari bo‘limlari (voynikomatlar) tomonidan sizni quyidagi holatlarga majburlashsa:

Ta’lim davrida muddatli harbiy xizmatni o‘tashga;
Ta’lim davrida muddatli harbiy hizmatni o‘tash uchun shartnoma imzolashga;
Shartnoma imzolashdan bosh tortsangiz jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qilish;
"O‘qishni bitirganingdan keyin armiyaga boraverasan, hozir shartnoma qilib qo‘yaveraylik" deb sizni aldab imzo qo‘ydirib olish holatlari kuzatilsa Davlat xavfsizlik xizmati hamda harbiy prokuraturaga yoxud harbiy sudlarga ariza bilan murojaat etishingiz mumkin.

Unutmang, shartnoma imzolaganingizdan bir necha oy ichida shartnoma to‘lovlarini to‘lashga majbur bo‘lasiz, ta’lim davrida muddatli harbiy xizmatni o‘tashingiz esa talabalar safidan chetlashtirilishingizga asos bo‘ladi.

Huquqingizni bilib oling. Sizni ta'lim davrida majburlab shartnoma qildirishlariga aslo yo'l qo'ymang. Agarda majburlashsa, qo'rqmay yuqoridagi organlarga shikoyat qiling. Ularning harakati noqonuniy va jinoyatdir.

Ushbu xabarni imkon qadar ko'proq guruhlarga tarqating. Talabalar huquqlarini bilib olishsin

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
https://t.me/xorijda_talim_perevod