Get Mystery Box with random crypto!

Litsenziyaga ega bo‘lmagan soxta oliy ta’lim muassasalaridan o | BEST GONSULTING Xorijda ta'lim ПЕРЕВОД Qozog'istonda, Qirg'izistonda, talim, perevod qilish

Litsenziyaga ega bo‘lmagan soxta oliy ta’lim muassasalaridan ogoh bo‘ling!

So‘nggi paytlarda Ta’lim inspeksiyasi telegram botiga (@uztdi) ayrim fuqarolar “Termiz shahridagi “UNIVERSITY AT-TERMIZIY” MCHJ tomonidan berilgan diplomlar O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasasi diplomi sifatida tan olinadimi?” deb murojaat qilmoqda.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi yuqorida nomi keltirilgan ta’lim tashkilotiga O‘zbekistonda oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi hech qanday litsenziyaga ega emasligini ma’lum qiladi

Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, Ta’lim inspeksiyasidan oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun litsenziya olmagan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar tan olinmaydi

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasiga asosan, nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.

Fuqarolarimizning yuqoridagi kabi holatlarda aldanib qolishlarining oldini olish maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi veb-saytiga Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari ro'yxati joylashtirilib, bu yerga litsenziya olgan ta’lim tashkilotlari haqidagi ma’lumotlar muntazam yangilanib borilmoqda.

Shuni yodda tutish muhimki, tegishli lisenziyaga ega bo‘lmagan yoki belgilangan tartibda akkreditasiyadan o‘tmagan ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar nafaqat O‘zbekiston Respublikasida balki boshqa davlatlar tomonidan ham tan olinmaydi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot xizmati

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
https://t.me/xorijda_talim_perevod