Get Mystery Box with random crypto!

Bir ayoldan: – Ering seni nima uchun bu darajada yaxshi ko‘rad | 👑Homiladorlik Sirlari🤰

Bir ayoldan:
– Ering seni nima uchun bu darajada yaxshi ko‘radi?  Axir dunyoda sendan ham go‘zal ayollar borku? - deb so‘rashibdi.

U ayol shunday javob beribdi:
– To‘g‘ri, go‘zal va maftunkor emasdirman, balki. Lekin erim menga ozor bersa,  uni kechiraman. Agar huzurimga g‘amgin holda  kelsa, uning dardini tinglayman, dardiga malham bo‘laman. Menga va yaqinlariga narsa ulashsa uni maqtayman. Bordiyu, menga oz bersa qanoat  qilaman. Robbim buyurgan bu mehribonlikni oz deb uzib, to'xtatib qo‘ymayman. Itoatdan bo‘yin  tovlamayman.

Eng muhimi, tikon terib olsam ham atirgul ekaveraman! - degan  ekan...

  @xomiladorlik_sirlari