Get Mystery Box with random crypto!

Xayrulla Sattarov

Telegram kanalining logotibi xayrullasattarov — Xayrulla Sattarov X
Telegram kanalining logotibi xayrullasattarov — Xayrulla Sattarov
Kanal manzili: @xayrullasattarov
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.64K
Kanalning ta’rifi

Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular
“Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
http://myurls.co/xayrulla_fayzullayevich
Imkoniyatlar toʻplami:
yoshlarportali.uz/oz/opportunities

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-07-05 09:40:43
Jadidchilik harakati yurtimiz mustaqilligi yoʼlidagi kurashlar silsilasida alohida oʼrin tutadi. Jadidlarning millatparvarlik, yurtparvarlik, xalqni ilmu maʼrifatga chorlovchi gʼoyalari hali-hanuz oʼz ahamiyatini yoʼqotgan emas.

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan chop etilgan kitoblar toʼplami millatparvar bobolarimiz shaxsini yana bir bor jonlantirgandek, nazarimda.

Bu maʼnaviy xazinani qancha koʼp oʼrgansak, bugungi kunda bizni tashvishga solayotgan juda koʼp savollarga javob topamiz.

Bu bebaho boylikni qancha faol targʼib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi!

Barcha yoshlarimizga o‘qishni tavsiya qilaman!

Kanalga ulanish @xayrullasattarov
926 views06:40
Ochish/sharhlash
2022-07-05 06:00:00
Аssalomu alaykum!
Аzizlar, yangi kun barchangizga yaxshiliklar olib kelsin!
Kuningiz sermazmun, fayzli va barokatli oʼtsin!

t.me/XayrullaSattarov
567 views03:00
Ochish/sharhlash
2022-07-04 19:00:01
Biznesingiz kelajagiga sarmoya kiriting

"Yangihayot" industrial texnoparki

Ushbu texnopark 210 gektar maydonni egallab, unda qurilish materiallari, oziq-ovqat, tekstil va boshqa bir qator muhim sohalarda qiymati 4 trilliondan ortiq soʻmlik 70 dan ziyod loyihani amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish @xayrullasattarov
456 views16:00
Ochish/sharhlash
2022-07-04 16:34:57
Veksel - (nem. Wechsel - ayirboshlash)- qarz majburiyatlari xususida yozma holda berilgan maxsus koʼrinishdagi qimmatbaho qogʼoz. Qarz bergan tomon vekselda koʼrsatilgan muddat tugashi bilan qarzni talab qilish huquqiga ega.

U universal toʻlov, kredit va hisob vositasi boʻlib, xalqaro savdoda toʻlov majburiyati, qisqa muddatli (6 oy) tijorat-kredit vositasi, banklararo uzoq muddatli munosabatlarni shakllantiruvchi vosita, banklardan ssuda olish uchun garov (shuningdek tijorat banki markaziy bankdan ssuda olishda beradigan garov) tarzida keng qoʻllaniladi.

Veksellar naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning eng qulay vositasi sifatida korxona va tashkilotlarda keng qoʻllaniladi.

Kanalga ulanish @xayrullasattarov
443 views13:34
Ochish/sharhlash
2022-07-04 14:15:54
“Muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini joriy etgan limon yetishtiruvchilarni, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va koʼchatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlash

(VM-24 son, 17.01.2022 yil)

Limon yetishtiradigan qishloq xoʼjaligi tashkilotlari xarid qilgan muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan isitish qurilmalari qiymatining 30 foizgacha boʼlgan qismi Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Bogʼdorchilik va issiqxona xoʼjaligini rivojlantirish agentligining Bogʼdorchilik va issiqxona xoʼjaligini rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan qoplab beriladi.

Yangi limonzorlar barpo etish va koʼchatlar xarid qilish bilan bogʼliq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming soʼmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi.

Kanalga ulanish @xayrullasattarov
469 views11:15
Ochish/sharhlash
2022-07-04 06:01:26
Аssalomu alaykum!
Аzizlar, yangi kun barchangizga yaxshiliklar olib kelsin!
Kuningiz sermazmun, fayzli va barokatli oʼtsin!

t.me/XayrullaSattarov
409 views03:01
Ochish/sharhlash
2022-07-03 11:00:00 Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq - Erix Mariya Remark

REMARK
(Remargue, Remark) — nemis yozuvchisi.

Gʻarbda «Yoʻqotilgan avlod» deb atalgan adabiyotning yirik vakili. 1-jahon urushi qatnashchisi. Asarlarida urush dahshatlari, undan keyingi davrdagi hayotni, fashizmning mudhish qiyofasi, maʼnaviy ezilgan, oʻzini jamiyatdan begonalashgan deb his qiluvchi kishilar qismati aks etgan: «Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq» (1929) asari uchun gitlerchilar Remarkni nemis fuqaroligidan maxrum etgan.

Mazkur asarda birinchi jahon urushi o‘z domiga tortgan o‘spirinlar obrazi orqali urush dahshatlarini boshidan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik orzu-umidlari chilparchin bo‘lgan butun bir avlodning ayanchli qismati mahorat bilan aks ettirilgan.

Kanalga ulanish @xayrullasattarov
505 views08:00
Ochish/sharhlash