Get Mystery Box with random crypto!

Veksel - (nem. Wechsel - ayirboshlash)- qarz majburiyatlari xu | Xayrulla Sattarov

Veksel - (nem. Wechsel - ayirboshlash)- qarz majburiyatlari xususida yozma holda berilgan maxsus koʼrinishdagi qimmatbaho qogʼoz. Qarz bergan tomon vekselda koʼrsatilgan muddat tugashi bilan qarzni talab qilish huquqiga ega.

U universal toʻlov, kredit va hisob vositasi boʻlib, xalqaro savdoda toʻlov majburiyati, qisqa muddatli (6 oy) tijorat-kredit vositasi, banklararo uzoq muddatli munosabatlarni shakllantiruvchi vosita, banklardan ssuda olish uchun garov (shuningdek tijorat banki markaziy bankdan ssuda olishda beradigan garov) tarzida keng qoʻllaniladi.

Veksellar naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning eng qulay vositasi sifatida korxona va tashkilotlarda keng qoʻllaniladi.

Kanalga ulanish @xayrullasattarov