Get Mystery Box with random crypto!

Jadidchilik harakati yurtimiz mustaqilligi yoʼlidagi kurashlar | Xayrulla Sattarov

Jadidchilik harakati yurtimiz mustaqilligi yoʼlidagi kurashlar silsilasida alohida oʼrin tutadi. Jadidlarning millatparvarlik, yurtparvarlik, xalqni ilmu maʼrifatga chorlovchi gʼoyalari hali-hanuz oʼz ahamiyatini yoʼqotgan emas.

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan chop etilgan kitoblar toʼplami millatparvar bobolarimiz shaxsini yana bir bor jonlantirgandek, nazarimda.

Bu maʼnaviy xazinani qancha koʼp oʼrgansak, bugungi kunda bizni tashvishga solayotgan juda koʼp savollarga javob topamiz.

Bu bebaho boylikni qancha faol targʼib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi!

Barcha yoshlarimizga o‘qishni tavsiya qilaman!

Kanalga ulanish @xayrullasattarov