Get Mystery Box with random crypto!

XAYOL | BEKATI...

Telegram kanalining logotibi xayolbekati — XAYOL | BEKATI... X
Telegram kanalining logotibi xayolbekati — XAYOL | BEKATI...
Kanal manzili: @xayolbekati
Toifalar: Rasm va fotosuratlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 86
Kanalning ta’rifi

Nimadandir taskin izlasangiz XAYOL BEKATIDA bir to'xtab o'ting. Bizning bekat sizlar uchun..!

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-04 16:39:29 *  *  *
Етар, шунча ичимга ютдим,
Тўрт  фаслим ҳам, қара, қиш она.
Музликлардан тайриниб ўтдим,
Йўқдир ҳануз гулдан нишона.


Ўтиб кетди қаршимдан ўн йил,
Оғу ичдим, шаробга қўшиб.
Ўн йил бўлди, кулолмайди дил,
Яшолмайман ўн йилки, жўшиб.

Олислардан ёғду сочар бахт,
Умрим жодир қатим нурида.
Ҳануз қалбим ҳижронга пойтахт,
Висол фақат тасаввуримда.


Қачонгача кўз ёшдай тўлиб,
Кипринингдан сирғаламан мен?
Юрагимни беш қўллаб юлиб,
Мажақласам оларманми тин?

Қачонгача юзга табассум
Сувратини ўтарман чизиб?
Яшасайдим бир лаҳза, бир зум,
Бахтни ипга  мунчоқдай тизиб.


Суянганим Тангридир фақат,
Ишонганим ғам тўла қўшиқ.
Топганим бир аччиқ муҳаббат,
Асраганим кўнглимдаги ишқ.

Ишқ сўзида эсмайди беҳишт,
Ишқ сўзида ловуллайди чўғ.
Кулгулари жарангламас ҳеч,
Ишқда нечун бахтиёрлик йўқ?


Баҳодир БАҲРОМ
51 views13:39
Ochish/sharhlash
2023-01-03 20:02:52 She'r yuboring tukib tashlasin hamma hislarni.
57 views17:02
Ochish/sharhlash
2023-01-03 20:02:08 Har safar she'r o'qiganimda yonib kuyib o'qiyman huddi dard o'zimnikidek.

Aslida ham she'r bo'lsam kerak.
57 views17:02
Ochish/sharhlash
2023-01-03 13:25:13 Xo'sh, keyin nima bo'ldi?
58 views10:25
Ochish/sharhlash
2023-01-02 21:37:06 Xayrli tun koinot
62 views18:37
Ochish/sharhlash
2023-01-02 19:53:28
Jilmaying!
Axir xafa bo'lish uchun kelmaganmiz bu hayotga..
67 views16:53
Ochish/sharhlash
2023-01-02 18:46:59 Tunlar

Tinch... hayollarim erkin to‘siqsiz
Oymomo ishq bilan kulib boqadi
Dardlarimni tinglar ko‘kdagi yulduz
Menga sokin o‘tgan tunlar yoqadi

Tomchilar yomg'irlar shitirlar maysa
Yomg'irdek ko‘zimdan yoshlar oqadi
Hayotda eng sevgan daming qay desa
Aytaman menga jim tunlar yoqadi

Izlamayman endi imkon va yechim
Agar kerak bo'lsam o‘zi topadi
Sevmasni sevishga yetmaydi kuchim
Menga meni sevgan tunlar yoqadi

Jim tinglar so‘zlasam hamdardek turib...
Ovutib uyquga ko‘zim yopadi...
Yig‘lab kelamanu uhlayman kulib
Menga alla aytgan tunlar yoqadi

Hayot goh sarobdek tuyular ekan
Ruxim saroblarda yayrab chopadi....
Gohi seni hech kim tushunmas ekan
Shunda tushunguvchi tunlar yoqadi...

Rosti o‘ylashdan ham charchadim barin
O‘ylarim ko'nglimga og‘ir botadi
Nursiz ham nurlari turgandek zarrin
Menga nurga cho‘mgan tunlar yoqadi

O‘lishga jurat yo‘q yashashga yurak
Ayro yo‘llar o‘tsiz qalbim yoqadi
Sen yolg‘iz emassan deb berar darak
Meni yolg‘iz etmas tunlar yoqadi

Tinch... hayollarim erkin to‘siqsiz
Go‘yo havas qilib kunlar boqadi
Sokin... bag‘ridaman hech qanday dardsiz
Menga meni sevgan tunlar yoqadi
61 views15:46
Ochish/sharhlash
2023-01-02 11:39:41 Ertaga kech bo'lish bilan mashg'ul. Biz esa ertani kutish bilan..
54 views08:39
Ochish/sharhlash
2023-01-02 10:14:20 Besabablaring bo‘ladi dunyoyingda!
Ularni nimaga yaxshi ko‘rishingni bilmaysan. Chiroyli sochlari uchun yo dunyoyingga tutash dunyosi uchun ham emas, yaxshi ko‘rasan, tamom!
Largiza ana shunday besabablarimdan biri!
Tug‘ilgan kuningiz bilan, Largiza Borligingiz uchun quvonaman bu dunyoda!
57 views07:14
Ochish/sharhlash
2023-01-02 03:48:26 Rahmat hayot!
Na sevildik na sog'inildik...
59 views00:48
Ochish/sharhlash