Get Mystery Box with random crypto!

EY HAYOT Yetaklagin ey hayot qo'llarimdan tutib ol Darvralarda | Xasan shoir she'rlari

EY HAYOT
Yetaklagin ey hayot qo'llarimdan tutib ol
Darvralarda so'zlasam so'zlarimdan tomsin bol
Hato qildim adashdim tõğri yõlga õzing sol
Men dunyoning moliga uchgan ojiz bandaman
Ruhum ko'kni kezmoqdalar lekin õzim yerdaman
=========
Bu dunyoda go'zallar jonga aro bermadi
Do'st qadrini bildim men do'st qadrimni bilmadi
Sizga aytsam alamlar yaralarni tirnadi
Kuydim netay quchoq ochdim sanamlarga
Men ham o'hshay ey hayot iymoni bor odamlarga
==========
Tanimaydi ko'zlarim jaynomozning yuzini
Mayhonada tingladim shaytonlarning so'zini
O'yib olsin quzg'unlar men tentakning ko'zini
İmkon bormi ey hayot to'g'irlashga hatoni
Hamma kafan kiyadi õsha juldir matoni
=========
Otam bergan saboqni tinglamadim ey hayot
Onam bergan duvodan yayramadim ey hayot
Qo'lingdagi toshlarni daryogamas menga ot
Ota qadrin bilmadim kõzlarimga to'ldi yosh
Duvo olmay onamdan boshga tegdi õsha tosh
=========
Ko'nglim bõğim ko'karmas hazon bõlgan aslida
Yashayapman sarg'ayib ko'klam oyning faslida
Yayramadim ey hayot bolalikning gashtida
Sarotonda so'vqatdim qishda terga
botayopman
Qotgan nonga tish o'tmas sabr qilib o'tayapman
=========
Kuyla shoir hasrating qog'ozlarga sol to'kib
Daryolarning tubiga ketaverma sen cho'kib
Kõzlar tunda ketarkan yumilmasa entikib
Sen bunchalar go'zalsan she'rga bitdim ey hayot
Gohi kulib gohida yig'lab o'tdim ey hayot